Xozirgi kunda asablarni jilovlay bilish katta maxorat desak xato boʼlmaydi. Muammolar, ish va odamning asablarini buzadigan turli xil boshqa illatlar insonni asabiy boʼlib qolishiga sabab boʼlmoqda. Ushbu maqolada asablarni tinchlantirishning oddiy va samarali usullarini koʼrib chiqamiz.
Аsablarni tinchlantirishning tur xil usulari mavjud. Bular tibbiy yoki xalq tabobati boʼlishi mumkin.
Аsablarni qanday qilib tez tinchlantirish mumkin?
Асабларни тинчлантиришнинг самарали усуллар
Nafas olish gimnastikasi
Burun yordamida chuqur nafas olgan holda ogʼizdan chiqarish lozim. Ushbu mashqni 10 marotaba takrorlash asablarni tinchlantirishga tez yordam beradi. Bunday mashqlar nafaqat asab tinchlanishiga, balki xissiyotlarni jilovlashga, qoʼrquvni yengishga va xayajonni kamaytirishga ham foyda beradi.
Bosh sohasini massaj qilish
Аsablaringiz tarranglashgan payt massaj juda foydalidir. Аyniqsa asablaringiz koʼp vaqtlardan buyon buzilib kelayotgan, sizga tinchlik bermayotgan boʼlsa massaj ayni muddaodir. Massaj uchun malakali mutaxassislarga murojaat etadigan boʼlsangiz esa ikki karra asablaringiz tinchlanadi.
Dush qabul qilish (vannada)
Sovuq suvda dush qabul qilish natijasida qon aylanishi yaxshilanadi. Issiq suvda dush qabul qilish esa tananing boʼshashishiga yordam beradi.
Oyoq kiyimisiz sayr qilish
Oyoq kiyimsiz sayr qilish oyoqdagi nerv tomiralriga ijobiy taʼsir qiladi hamda butun asab tizimining yaxshilanishiga yordam beradi.
Ustingizdan suv toʼkish
Ushbu holatda nafaqat asablaringiz tinchlanadi, balki imun tizimingiz ham mustaxkamlanadi. Buning uchun ustingizdan issiq suv toʼkishdan boshlab, sekinlik bilan suvning harorati kamaytirib boriladi.
Yugurish yoki tez yurish
Jismoniy zoʼrriqish jumbushga kelgan asab tizimini tinchlantirishga yordam beradi.