Burjlar dunyosi » Sovg’a tanlash

Aqrab (24-oktabr – 22-noyabr)

Aqrablar uchun sovg’alar ishqiy lahzalardan

so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Shu darajadaki, ular

doimiy ravishda o’zlarini taqdirlab turadilar. Bu

sizning sababli va sababsiz ravishda Aqrablarga

sovg’a bermasligingizni taqazo qilmaydi, albatta.

Agar hech bir vaj – korsonsiz ularga hadya bersangiz, chinakamiga tantana deyavering!

Ammo ko’ra bila turib unga sovg’ani ravo

ko’rmasangiz, Aqrabning sizga nisbatan

xafagarchiligi va gina – kudrati umrining

oxirigacha yetadi. Gunohingizni yuvish uchun bir

uyum sovg’a bersangiz ham befoyda, bu – boshqa hadya, avvalgi sovg’ani esa hech qachon

taqdim etolmaysiz. Aqrablarga sovg’angizni o’ralmagan holda

taqdim etmang: ular sirlarni yaxshi ko’rishadi.

Xadyani olgach, uni darhol ochishmaydi.

Birinchidan, sovg’a bilan yolg’iz qolib

rohatlanishni hohlaydilar. Ikkinchidan,

qiziqishlarini cho’zishni istashadi: is=chida nima bor ekan? Ayol – Aqrablar uchun bejirim

choyshab sotib olsangiz, hato qilmaysiz.

Garchand siz marhamat ko’rsatib pul solingan

zolvorli konvertni uztishingiz mumkin edi – u ana

shunday hayolga ham boradi. Turli ajib ashyolar,

masalan, billur soqqalar ham ular manfaatparast bo’lib, «tosh bosadigan” sovg’alarni yaxshi

koradilar. Mabodo o’z qadrini biladigan va

ichimdagini top deydigani bo’lsa, buyog’I qiyin

kechadi. Erkak – Aqrablarga ularning kuch – qudratini

namoyon etadigan sovg’alar berishmaqsadga

muvofiqdir. Turli nojois hissiyotlar ishora

qilingan xadyalar bo’lsa ham ular hafa

bo’lishmaydi. Agar mazkur burjdagi sevimli

kishingizni taqqdirlashni niyat qilsangiz , boshqalar uchun beg’araz, faqat o’ziga ayon

shama, ishoralar aks etgan sovg’a toping. Aqrablar bezanib yurishni yoqtiradilar. Shu bois

zargarlik do’koniga yo’l oling yoki uncha qimmat

bo’lmagan ilmatugma (erkaklarga), o’zgacha

sharf ( ayollarga) xarid qiling


Qavs (23 noyabr – 21- dekabr)


Qavsga qandaydir orolga yo’llanma bering, daqat

u o’sha yerda bo’lmaganiga aniq ishonch hosil

qiling. O’zingizning yo’llanmangiz ham

yodingizdan chiqmasin, biroq uni Qavsning

qo’liga tutqazmang. Aks holda o’zi bilan safarga

kimnidir ergashtirish haqida o’ylay boshlaydi – axir yo’llanmani berish orqali safarga

jo’namasligingiz yoki imkoniyatingiz yo’qligini

bildirgan bo’lasiz-da!Sunday ekan, yo’llanma

bilan zavqlanishga yo’l qo’yib bergandan so’ng,

uni qaytarib olib, hilvat joyga qo’ying. Keyin esa

orolga ikkingiz borishingizni Qavsga tez – tez eslatib turing. Agar olis horij mamlakatiga yakka

o’zingiz ketgan bo’lsangiz, sevimli Qavsingiz

uchun qandaytdir qiziqarli sovg’alar oling: Kokos

yong’og’i , marabu (laylaklarga mansub katta

qush) pati… Darvoqe, birorta jonivorni olib

kelmang tag’in, chunki o’sha jonzotga baribir o’zingiz qarashingizga to’g’ri keladi. Qavsga u yoki bu mamlakat haqida ixcham

ma’lumotnoma, kitob ham sovg’a qilishingiz

mumkin. Darvoqe, o’z mutahassisligi yoki

faylasufligiga aloqador kitoblarni Qavslarning

aksariyati bajonidil qabul qiladi. Savlatli, qimmat

bo’lsa nur ustiga a’lo nur. Qavsga sovg’angizni tantanavor ravishda

topshiring. Ishi, hizmati, qadr – qimmati munosib

taqdirlanishga loyiqligiga alohida urg’u qarating

( unutmang, Qavslarning yubileyi har yili bo’ladi).

Uning sharafiga alohida madhiya yoki qasida

tariqasidagi tabrik qog’ozini, albatta, ilova qilishingiz kerak. Sovg’ani mumkin qadar

mehmonlar ko’p bo’lgan vaqtda taqdim

etishingiz to’g’ri keladi. Qavsning

ovoragarchilikka hojati yo’qligini aytgan

gaplariga ishonmang: hadyalar berish chog’ida

ular «uyg’onishadi” va barini qaytadan nishonlashadi. Barcha Qavslar nodir va aytib

bo’lmasdir. Ularni kosmetika to’plami yoki

shunga o’xshash sovg’alar bilan alday olmaysiz.

Ixcham, foydali va ayni paytda urfga aylangan

hadyalar tanlang


Mezon (24 sentabr – 23 oktabr)


Ayol – Mezonlarga nima sovg’a qilish mumkin?

O’z aqliy salohiyatini ustalik bilan pinhon

tutayotgan haqiqiy ayolga nimaiki kerak bo’lsa,

hammasini! Ko’zga ko’rinarli sovg’angizga

yoqimli, mayda – chuyda bezaklarni ilova qilib

unga berishingiz mumkin. Albatta, gullarni ham qo’shing. Qo’shningizning bog’idan yulqilab

olingan tugunak piyozli gul yoki bo’takozlarni

emas! Yaxshisi, guldastani chiroyli bezatish

uchuyn ozgina vaqt va pul sarflang. Shunday

bezatingki, g’unchalar to’silib qolmay, aksincha

honim – Mezonga nisbatan nafosat va e’tiboringizni namoyon etib tursin. Hech qachon bitta sovg’a bilan kifoyalanmang.

Mezonlarning qiziqishi tez so’nadi, ana shuni

inobatga oling. Eng samarali yo’li – uning uchun

nafaqat pul, balki vaqt ham ajrating. Ana shunda

Mezon bu kunni bayramdek qabul qiladi. Ayyomi

munasabati bilan uni erta tongdanoq muborakbod eting. Gullar yuboring (asosiy

sovg’angizdan tashqari). U bilan sayrga

chiqishingiz ham mumkin. Oqshom chog’ida esa

dilkash do’st sifatida kechqurun birga

ovqatlaning. Erkak – Mezonlar ham ayollar kabi go’zallik

shaydosi. Shu bois ularga berilajak sovg’a

qalbiga hushvaqtlik ato etadigan etadigan

darajada bejirim va , albatta, chiroyli bezatilgan

bo’lsin. Sovg’a o’rami uning o’zi kabi kam

ahamiyat kasb etmaydi. Umuman, hadya sifatida erkak – Mezonlarga

badiiy salon esdalik sovg’alari mos keladi.

Masalan, charm muqovali nafis yozuv daftari yoki

qog’oz uchun feruz rangli taglik. Bo’yinbog’I

to’g’nog’ichi yoki bo’yinbog’ning o’zi ham ularga

yoqadi, faqat nafis bo’lishi kerak. Erkak – Mezonlar sevimli kishisini eslatib

turadigan sovg’alarni yaxshi ko’rishadi. Bunday

hadya faqat ikki kishiga ayon ishora tarzida

tayyorlangan bo’lishi lozim. Su bois Mezonlarga

sovg’a berish masalasida shoshilmang. Bu kabi

sovg’alarni mazkur burjga taaluqli ayollar ham yoqtirishadi. Erkak –Mezonlarga, ayniqsa qiyin ,

chunki ular o’z burjlaridagi honimlarning sovg’a

borasidagi didini boshqalardan ko’ra juda yaxshi

bilishadi. Nima bo’lganda ham siz tuxfa etdigan

hadyangizga qalbingizni qo’shib berishingizga

to’gh’ri keladi, aks holda munosabatlar sovishi mumkin. Moddiy qiymatga kelsak, Mezonlarga

qimmatbaho sovg’alar yoqadi. Ammo bundan

tashvishga tushmang. Qimmat sovg’a olishni

hohlamasangiz, guldasta harid qiling. Faqat uni

ko’pchilik orasida Mezonga tuxfa eting. Bunday

iltifotni u yuqori baholaydi.


Sunbula (24 avgust – 23 sentyabr)


Sunbulalarni o’zlarining maydakashligi gap –

so’zlar har yerda eslanishi qattiq ranjitadi. Gap

shundaki, sovg’a berishga to’g’ri kelsa, kim

bo’lmasin, ularga mayda – chuydalarni tuhfa

qilishga intiladi. Sovg’a borasida Sunbulalar maydakash emas,

balki omilkor kishilardir. Ularga kundalik

taqdirlanmaydigan mehnatini yengillatuvchi

yaroqli hadyalar bering. Masalan, oshxona

kombayni , changyutgich va shu kabi anjomlarni.

Agar mayda – chuyda sovg’a bilan taqdirlashni niyat qilsangiz, bu tuhfa amaliy jihatdan foydali

bo’lishga e’tibor bering. Choynak – payola,

qoshiqlar, turli kattalikdagi qo’l sochiqlar yoki

qoshiqlar to’plami ham extimoldan holi emas.

Oshxona uchun parda bo’lishi mumkin, faqat

Sunbulaning oshxonasi qanday rangda ekanligini eslab ko’ring.Sunbulalar uchun sochiq harid qilar

ekansiz, mahsus tutqichni ilova qilishni, qahva

qaynatgich tuxfa etishdan avval suzgichni ham

sotib olishingiz kerakligini unutmang. Sovg’ani fabrikadan chiqqan kabi ehtiyotkorlik

bilan o’ramga soling. Kafolat qog’ozi yoki

yo’riqnomasi bor yo’qligini tekshiring – Sunbula

jihozlar nima uchun ishlatishini uni kashf etgan

odamdan ham yaxshi bilgani bois har bir

yo’riqnomani o’qib chiqadi. Aksincha, agar uning narxini qimmat deb hisoblasa, sizni ovora

qilganligini aytadi. Sovg’a ilova tarzida taqdim

etiladigan gullar hadyangizning ramzi

hisob;anadi, shu bois uncha katta bo’lmagan

guldasta kifoya. Mabodo sovg’angiz kichikroq

bo’lsa, gullar savlatli ko’rsatadi. Sunbulalar bilan hamisha bir xil maqomni

ushlashga harakat qiling. Ya’ni, sovg’aga

qo’shimcha gul o’zaro farq qilmaydigan narxda

bo’lsin. Sunbula keskin tebranishlarni

yoqtirmaydi, u o’zini anchayin sezgir hisoblaydi.

Ko’nglini qoldirmang, chunki Sunbula qanday ish tutish kerakligini avvaldan biladi. Umuman aytganda, sovg’alar masalasida

Sunbulalar tanqidchi. Aynan shuni e’tibordan

soqit qilmang.


Asad (23 iyul- 23- avgust)


Asadlar uchun eng muhimi – muomala.

Saovg’aning topshirilishi emas, olib kelinishi

ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonga mumkin

qadar tantanali tus berish lozim: gullar savatda

bo’lmog’I, mehmonlar yarim doira shaklida

turishi, Asad esa o’rtaga qo’yilgan orom kursida (taxtga joylashgandek) o’tirishi maqsadga

muvofiqdir, ya’ni keyin qo’shimcha sovg’alarni

berishingiz mumin bo’lsin. Tabriklash marosimi faqat yubiley munosabati

bilan o’tkazilmasin. Ulkan guldasta, sovg’a esa

zarxal qog’ozga o’ralgan bo’lishi joiz.

Kapalaknusxa tugun tarzida bog’langan bunday

hadyaga bejirim guldasta ilova qilsangiz, Asad

yanada quvonib ketadi. Umumiy bayramlar, deylik, yangi yil ayyomida ham unga sovg’ani

tantanali tarzda taqdim eting. Sovg’a sifatida Asadlarga dam olish to’g’ri keladi,

(ular belini bukib ishlash uchun tug’ilmagan).

Yana bir gap: ushbu burj vakillari zerikarli

qutlovlarni yoqtirmay, yorqin, quvnoq

qutlovlarni hush ko’radilar. Mamnuniyat bilan

sizdan san’at asarini qabul qilib oladilar, chunki o’zlarini san’atni qadrlovchi xisoblashadi

( xaqiqatdan ham shunday fazilatga ega). Ayol Asadlarni zeb – ziynatlar hech qachon

bezdirib qo’ymaydi, shunga qaramay, jo’n

taqinchoqlarni emas, balki o’zlarining burj

maqomlariga hos tarzda nodir jihozlarni lozim

ko’radilar. Ularning didini inobatga oling. Nafis

bo’lsa-da, bir qarashda yoqimsiz tassurot qoldiradigan ko’rimsiz jihoz Asadning nozik

ko’ngil torlarini chertmaydi. Uning uslubi –

qirollarga hos! Yorqinlik, tantanavorlik, tilla,

judabo’lmasa, zarhal… Sovg’a olayotib Asadlar go’daklardek hursand

bo’lishadi. Shunday ekan, ularga bolaliklarining

bir bo’lagini va hotirasini tuhfa eting. Asad uchun

sovg’a harid qilar ekansiz, ularga o’yinchoqlar va

bolalar quvonchiga sabab bo’luvchi hadyalar

manzur bo’lishini hisobga oling. Darvoqe, sovg’aning ko’zga tashlanadigan

burchagiga Asadning ismi va familiyasining bosh

harflaridan chirmashtirib tuzilgan bezak

yozdirishni unutmang. Chunki Asad o’z ismi bilan

g’ururlanadi, unga nomi qayta – qayta bitilgan

tilla qog’ozni taqdim etsangiz, qalbiga eng maqul yo’l topgan bo’lasiz. Asadga o’zining to’liq nomi

tovlanib turadigan arzimas sovg’a hadya

qilsangiz ham u nihoyatda quvonadi, buning

natijasi o’laroq, ushbu tuhfangiz ko’zga

ko’rinhadigan joydan o’rin oladi.


Saraton (22-iyun 22 iyul)


Agar Saraton kolleksiya sifatida nimalarnidir

to’play boshlasa (boshqalarda kamda – kam

uchraydigan holat) masala o’z- o’zidan hal

bo’libdi. Qanday ish tutish o’zingizga havola,

biroq uning bisoti to’lishiga hissa qo’shing. Bu

nafaqat Saratonga «tegishli kunlar” ni yodda tutishingizni anglatadi, balki shaxssifatida uni

shaxsan qadrlashingizni ham namoyon etadi.

Demak, Saratonga qadrli jihozga siz befarq

emassiz. Bu qiyinmi? Balki shunaqadir! Nachora,

Saraton shunaqa. Hatto tavallud sanasini boshqa

kunni nishonlasa ham uni aynan tug’ilgan sanasi munosabati bilan muborakbod etishni kutmang. Yaxshisi, Saratonga nisbatan hurmatingizni

o’zingizga malol kelmaydigan sovg’alar bilan

ifoda eting. Masalan, tort (o’zingiz tayyorlagan

bo’lsangiz, yanada ma’qul ) yoki bir quti konfet

(bayramni nishonlash kunida sovg’a berish

bekor qilinmaydi) hadya etishingiz mumkin Saratonlarga aynan u foydalanishi mukin bo’lgan

uy jihozlarini tortiq qilish ham chakki chora

emas. Bunday sovg’a yumshoq va issiq bo’lsa,

ayni muddao. To’qimachilik ishlaridan boxabar

Saratonlarga yumshoq jun gazlamani bejirim

o’ralgan holda bering. Umuman aytganda , ular sezilarli, «tosh bosadigan” tuxfalardan hursand

bo’l;ishadi. Uylarida nimalar yo’qligini hisoblab

chiqishingiz befoyda, bunga hojat ham yo’q.

Saraton – ehtiyotkor odam , sanoq bo’yicha

yigirmanchi ko’rpani shunday tarzda qabul

qiladiki, sizda u go’yo ertaga aynan shu anjomni harid qilmoqchidek taassurot qoladi. Mazkur burj vakillari uchun sovg’ani o’zi emas,

uni olib borishingiz ham muhim ahamiyat kasb

etadi. Bunday paytda shoshqoloqlikka va

ortiqcha harakatga yo’l qo’ymang. Sovg’ani

maqtovlarga burkalgan so’z yordamida topshirar

ekansiz, tavallud kunini nishonlayotgan Saraton hayotingizda naqadar beqiyos qadr – qimmatga

ega ekanligini ulkan ishonch bilan izhor

etmog’ingiz kerak. Bu inson bo’lmaganida

qanday yashar edingiz – shu ma’noda (aslida

yomon emas, biroq tabrik paytida…)Sizning

nutqingiz sovg’angizdan kam ahamiyat kasb etmaydi. Mabodo Saraton nutqingizni bo’sh

hisoblasa, sovg’angiz ham o’z – o’zidan o’sha

darajada bo’ladi. Tabrik jarayoni quyidagi

tartibda kechishi maqsadga muvofiqdir: nutq,

keyin asosiy sovg’a, so’ng gullarni uzatasiz,

tanaffus va nihoyat stolga nimanidir qo’yasiz. Chalkashtirib yubormang. Bunday «qo’shiq” dan,

afsuski, hech nimani olib tashlab bo’lmaydi.

Sovg’ani o’rash, biroq uning ichida nima borligi

mumkin qadar bilinib tursin yoki yaqqol ko’zga

tashlansin. Saraton siz taqdim etmoqchi bo’lgan

hadya qo’liga tushmasdanoq unga baho berishi zarur. Mazkur burj vakillari tantanalarni yoqtirishadi.

Shu bois so’zlaringiz ham tantanavor bo’lsin.

Uning sha’niga bildiriladigan iliq so’zlarni

ayamang. Huddi sovg’angiz kabi nutqingiz ham

samimiy, qalbdan aytilsin. Saratonlarning

munofiqlik va bo’rttirib gapirishlariga toqati yo’q.


Javzo (21-may 21- iyun)


Javzolar sovg’aga unchalik katta e’tibor

berishmaydi. Agar hadyalar uchun bosh

qotirishlariga to’g’ri kelsa, ularda nohush

taasurot qoladi yoki bu borada majburiyat xis

qilishmaydi, mabodo tuhfalarni o’zlari qabul

qilishsa , vaqtichog’liq damlarini boshdan kechirmaydilar. Mazkur burj vakillari uchun sovg’aning

qandayligidan ko’ra, uni kim bergani muhim.

Javzo va Dalvlarni tabriklashni unutsangiz,

boshqa burj vakillariga qaraganda ular bundan

og’rinmaydilar. Shunday ekan , sovg’a

masalasida kuchli siqilishlarni sezmaysiz. Javzoga sovg’a sifatida yaxshi kitob, ruchkalar

to’plami, kalkulator va kompyuter bersangiz,

quvonib ketadi. Bu uning dunyoqarashini

kengaytirishini bilgani uchun ham ko’ngli chog’

bo’ladi. Javzolar uchun davriy nashrlarga obuna

tashkil eting, ularga kabel televideniyasini ulab bering, turli imkoniyatlarga ega qo’l telefonlari

sovg’a qiling. Har qqanday yangi tehnik jihozlar

bu insonlarga ma’qul tushadi. Ularda siz sovg’a qilishni mo’ljallagan buyum

yo’q, deb o’ylamang, Javzolarda kamdan – kam

jihoz bitta bo’ladi. Biroq Javzo parishonhotirligi

bois talay buyumlarini hamisha yo’qotib yuradi.

Tasavvur qilyapsizmi, unga berish uchun

qanchadan – qancha mayda – chuyda xarid qilishingizni? Yo’qotishi mumkin bo’lgan hamma

narsani! Javzoni diqqat – e’tiboringiz bilan

hushnud etish niyatingiz bor ekan, unga katta –

kichik qitilardagi turli mayda – chuydalarni tortiq

qiling – o’shalar bilan ovunaversin, shu tarzda siz

tantanaga tashrif buyurgan mehmonlarning quvonishlar uchun zamin yaratgan bo’lasiz. Sovg’alar o’ramini chiroyli qilishga urinmang.

Javzoni bu emas, balki ana shu o’ram ichida nima

borligi qiziqtiradi. Ularda manfaatdorlikdan ko’ra

qiziquvchanlik ustun. Sovg’ani siz olib

kelganingiz Javzoni ko’proq quvontiradi. Qisqasi, ushbu burj vakillari – boshqalarga

o’xshamaydigan, o’zgacharoq odamlar. Shunday

ekan, ularga tortiq qilinadigan sovg’alar ham

munosib bo’lishi kerak. Mayli, hadyangizni o’z

qo’lingiz bilan yarating, biroq u oddiygina mayda

– chuydalar bo’lmasin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Javzolar nafaqat sovg’alarga

balki ularni qay tarzda hadya etishingizga ham

e’tibor beradilar.


Savr (Buzoq) (21 aprel – 20 may)


Savrlar qimmat sovg’alarni yoqtirishadi, shunga

qaramay , ularni o’zlari o’ylagandan past

darajada ko’rganingizni xis etishsa-da,

bildirishmaydi. Bunday paytda ayrimlar

qimmatbaho xadyalaringiz bilan ham

qoniqmaydilar. Asosiy tuhfadan tashqari «mayda-chuyda”

qo’shib sovg’a qilsangiz, Savrlarning

ko’nglidagini topgan bo’lasiz. Gullar, albatta,

berilishi kerak, qandaydir shirinlik bersangiz, nur

ustiga nur (o’z qo’lingiz bilan pishirgan

bo’lsangiz, yanada a’lo, biroq u maromiga yetgan bo’lishi lozim – xavaskorlik mahsuli yoqmaydi.)

Qo’shimcha ravishda: biror – bir ishimlik, qutida

esa «qadri baland” konfetlar. To’g’ri, bundayroq

ichimlik va arzon konfetlarni qabul qiladigan

kamtargina Savrlar ham bor. Biroq, ishoning, shu

kabi yondashuv bilan ular o’z e’tirozlarini sizning tushunmasligingizga bog’lashadi (demak, siz ular

uchun hech qanday qiymatga ega emassiz.) Savrlarga ixcham va ko’pga chidaydigan sovg’a

bering. Ular shinamlikni yaxshi ko’rishadi, shu

bois yostiqlar, ko’rpa – to’shak, katta ro’mol,

shippaklar, yaxshigina choyshab va shunga

o’xshash anjomlar ma’qul. Agar Savrning

kelgusida uyingizga kelib yashashi ehtimoli tutilsa, unga , zeb- ziynat berish uchun pulni

ayamang. Tilla va qimmatbaho toshlar

Savrlarning arzandasidek gap. Bunday sovg’a

o’rami qoyil-maqom darajada bo’lsin. Savrlar

badavlat odamlarni hurmat qiladilar. Qisqasi, ular foydali sovg’alar olishni hush

ko’radilar. Agar tuxfangiz go’zal, bejirim bo’lsa

siz qalovini topibsiz.


Xamal Qo’y (21 mart — 20 aprel)


Xamal har qanday sovg’aga bolalarcha quvonadi.

Mabodo siz xadyani unutsangiz yoki tuxfa

berishni muhim deb o’ylamasangiz, u qattiq

ranjiydi. Xamalga taqdim etadigan sovg’angizni ko’zni

o’ynatuvchi tarzdao’rab bering, ana shunda

sha’ningizga ulkan rahmatlar yog’iladi. Buning

uchun kimlar bilandir tabrik matnini o’ylab

o’tirishga hojat ham qolmaydi. Hadyangiz

quvonch bilan qabul qilinadi, boz ustiga Xamal sizga nisbatan o’zgacha nigoh bilan qaray

boshlaydi. Siz bermoqchi bo’lgan hadya o’zaro

song’a – salomlar oldi – berdisini ishga tushirish

tugmasini bosish kabi munosabatlarni yo’lga

qo’yadi, deb hisoblayvering. Xamal tuxfa sifatida o’zi har kuni foydalanadishi

mumkin bo’lgan jihozlarni yoqtiradi. Bu jarayon

siz uni qay darajada yaxshi ko’rishingizni

anglatib tursin. Xazm qilish mumkin bo’lgan

ququq tabriklarga qo’l tekkiza olmaysiz. Bunday

«tuhfa” larni asosiy sovg’aga payvandlash mumkindir, biroq Xamal uchun ular asl in’om

hisoblanmaydi. Mazkur burj vakillariga gullar ham alohida

taassurot qoldira olmaydi. Ularning shaxsiy

tajribasiga ko’ra, gullar uzoq yashamaydi.

Xamalni barcha jonli jihozlar maftun etadi. Biror-

bir jihozdan foydalanish mumkindir, biroq

gullardan, uning fikricha, qanday naf? Yana bir nozik jihati: Xamallar o’z qalbiga yaqin bo’lmagan

kishilardan sovg’a olmaydilar. Ular uchun sovg’ani oxirgi lahzlarda xarid qilib

ham bo’lmaydi. Birinchi duch kelgan do’kondan

sotib olingan xarid bilan Xamallarning ming’ir-

ming’iridan qutulolmaysiz. Ammo, bu – sovg’a

uchun ko’p pul sarflashingiz kerak, degai emas.

Xamal uchun xadyaning narxi emas, balki sizning unga muhabbatingiz, xurmat – e’tiboringiz

muhim axamiyat kasb etadi Agar pullaringiz

bo’lmasa, jilla qursa, Xamalga iliq tilaklar

bildirilgan xat yozing yoki sms – xabar yuboring.