AYOLLARNI TUG’ILGAN OYIGA QARAB HARAKTЕRI

Aziz mushtariylar endi qaysi oyda tug‘ilganingizga qarab xarakteringizga oid qisqacha ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.


1. Yanvar. Bu oyda sabrli va chidamli ayollar dunyoga kelgan. Ularda erkaklarday qat’iylikni ko‘rasiz. Bu toifa ayollar muammolari bilan o‘rtoqlashishmaydi, hasrat ham qilishmaydi. Mag‘rur bo‘lib barchasini o‘zlari hal kilishadi. Yanvar ayollari oshxonada pazandalar, ammo uy tozalashni unchalik ham xushlamaydi.


2. Fevral. Fevralda tavallud topgan ayollar cho‘rtkesar va fe’li biroz murakkab hisoblanishadi. Ularda ko‘pincha asabiy portlashlar va o‘zini nazorat qila omaslik holatlari kuzatiladi. Shunday bo‘lsa-da, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydilar. Tez qaror qabul qilishadiyu, ammo u har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Fevral ayollari arazchi va kezi kelganida, o‘ch oluvchi bo‘lishadi.


3. Mart. Eng hissiyotli ayollar dunyoga kelgan oy. Bunday ayollarni xafa qilish oson. Biror rejalari amalga oshmasa, o‘zlarini baxtsiz deb o‘ylashadi. Tortinchoqlik va har narsadan istihola qilishlari sabab ko‘zlagan maqsadlariga erishishlari qiyinroq. Tabiat bunday ayollarga latofat, noziklik va joziba in’om etgan.


4. Aprel. Aprel ayollari boshqa ayollardan tirishqoqligi, maqsadga intiluvchanligi bilan ajralib turishadi. Kamiga bu oyda tug‘ilgan ayollarning sog‘lom fikrliligi va tejamkorligiga tahsinlar aytmay ilojingiz yo‘q. Ular nima xohlayotganini aniq biladi, sekin-astalik bilan maqsad sari intilishadi va erishadilar ham. His-tuyg‘ulari har doim aqldan keyingi o‘rinda turadi.


5. May. Talabchan, o‘z hukmini o‘tkazishni istaydigan, dadil – bu ta’riflar may oyida tug‘ilgan xonimlarga tegishli. Xafa qilishsa, kechira olishmaydi va osonlik bilan rishtalarni uzishlari mumkin. Hatto, keyinchalik afsuslansalar ham. Bu toifa ayollarning qaysarligi oilada turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Ular kimgadir bo‘ysunishdan ko‘ra buyruq berishni yoqtirishadi.


6. Iyun. Bu oyda tug‘ilgan xonimlarning asosiy xislati ularning ehtiyotkorligidadir. Biroq har safar ham ehtiyotkorlik foyda keltiravermaydi. Ba’zan bo‘lar-bo‘lmasga shubha-gumonga borishlari, kamiga jizzakilik ham pand beradi. Ammo dushmanlarini ham osonlik bilan kechira olishadi. Muammolarga toblari yo‘q, ko‘pincha kayfiyatlariga qarab harakatlanadilar.


7. Iyul. Uyatchan, kamsuqum ayollar dunyoga kelgan oy. Yozning ikkinchi oyida tug‘ilgan ayollar muammolarni ko‘ngilga yaqin olib, so‘ng o‘zlari qiynalib yurishadi. Biroq bu uzoq cho‘zilmaydi. Nimadir sabab bo‘ladiyu, o‘z ustilarida ishlashni boshlab yuborishadi. Hayotlari davomida kayfiyatga qarab ish ko‘rishadi. Oila va uy iyul ayollari uchun hayotlaridagi eng muhim narsalardir.


8. Avgust. Eng mag‘rur va mustaqil ayollar shu oyda tug‘ilishgan. Ular himmatli, ochiqko‘ngil ammo shuning bilan birga mansabparast va tabiatan boshqaruvchidir. Hammaning diqqat markazida bo‘lishni sevadilar. Erkaklar e’tiborini osonlik bilan qozona oladigan bu xonimlar oilaviy rishtalarni juda qadrlashadi. Ammo haqiqatgo‘yliklari ba’zida pand berib qo‘yadi.


9. Sentyabr. Qiziqqon va jo‘shqin sentyabr ayollari hisob kitobli va maqsadga erishuvchanligi bilan ajralib turishadi. Sarmoya masalasida anchayin pishiqlar. Kimgadir qarz berishlari ham juda qiyin. Chunki pul sarflashni yaxshi bilishadi. Rashkchi va ozodalikni birinchi o‘ringa qo‘yadigan bu xonimlar mazali ovqat pishirishga usta bo‘lishadi.


10. Oktyabr. Suxbatga tez kirishuvchan dono ayollar qalb go‘zalligi bilan boshqalardan farq qilishadi. Qaror qabul qilishda ham avval yaxshilab o‘ylab, so‘ng bir to‘xtamga kelishadi. Xotiralariga esa til ojiz. Oilani juda qadrlashadi. Ammo xiyonatni kechira olishmaydi.


11. Noyabr. O‘zlarini sevuvchi noyabr ayollarining turmush o‘rtoqlariga tog‘day sabr tilaymiz. Bu oyda dunyoga kelgan ayollar o‘zlarinikini ma’qul bilib, boshqalarni eshitishmaydi ham, so‘zlashga berishmaydi ham. Shu bois noyabr oyi xonimlarining juftlari juda sabrli va murosali kishilar bo‘lgani ma’qul. Xarakteri og‘ir bo‘lgani bilan bu ayollarning sevgisi kuchli va sadoqatli bo‘ladi.


12. Dekabr. Portlovchi fe’lli, qo‘rqmas, omadli dekabr ayollari juda ehtiyotkorlar. Ular gapga chechan, dardkash, sirdosh, chin dugona bo‘la olishadi. Jahli tez bo‘lgani sababli oilada qiyinchiliklarga duch kelishlari ham ehtimoldan holi emas.