XITOY
Xitoy – davrlar toʼqnashuvi va kelajakka nazar, urf-odat va anʼanalar beshigi. Bu yer qiziquvchan sayyohlaru muvaffaqiyatli tadbirkorlar va manfaatli xaridni sevuvchilar uchun jozibali maskan. Sirli oʼtmish va yuqori texnologiyali kelajak Xitoyning oʼziga xosligidan darak beradi. Yarim kilometr balandlikka ega «Sharq gavhari» teleminorasi, Qizil togʼdagi astronomik rasadxona, restoranlar va yirik savdo markazlari, afsonaviy Buyuk Xitoy devori, Gugun imperator saroyi, Osmon ibodatxonasi va Qadimiy Osiyo sivilizatsiyasining son-sanoqsiz yodgorliklari sayyohlar eʼtibori uchun bir-biri bilan raqobatlashayotgandek goʼyo. Osmon osti mamlakatining boshqa xazinalari vaqt hukmidan tashqarida mavjuddek – oʼziga xos tabiat, muqaddas togʼlarning musaffo havosi, Sixu koʼlining oynadek silliq yuzi va Xaynanь orolining ekzotikasi hech kimni befarq qoldirmasligi tabiiy. Xitoyga tashrif buyuruvchilar bu mintaqa uchun eng qulay boʼlgan may, sentyabrь va oktyabrь oylarini oʼzlariga belgilab qoʼyishlari kerak boʼladi.
Xitoyga safar – bu qogʼoz va porox, ipak va choy, igna bilan davolash va astrologik tadqiqotlar yurtiga sayohat, maʼnan boyish va ichki uygʼunlikka erishish demakdir.
Xitoyda dam olish – vaqt chegarasidagi unutilmas sarguzasht.