Indoneziyada dam olish

INDONEZIYA

Indoneziya – ekzotik orol-davlat, musson tropik iqlimi sayyohlar uchun mukammal ob-havo sharoitini hosil qiluvchi ekvatorda joylashgan arxipelag. Bu davlat tarkibiga asosiy qismi kurort zonalar hisoblangan olti mingga yaqin orol kiradi.

Indoneziya oʼzining koʼp sonli tarixiy yodgorliklari va obidalari bilan mashhur. Misol uchun poytaxt Jakartadagi Milliy Muzey ham qadimiy, ham zamonaviy ijodkorlarning minglab sanʼat buyumlarini oʼzida mujassamlashtirgan. Rivojlangan davlat poytaxtida Indoneziyadagi eng baland osmonoʼpar bino – Visma 46 joylashgan. Futbol ixlosmandlari uchun mamlakatning muhim inshooti Bung Karno sport oʼyingohi ham qad rostlagan. Terrasalari togʼning tik yonbagʼri boʼylab intilgan noyob Pura Kenehibodatxonasini koʼrish uchun Bangli shaharchasiga minglab sayyohlar oqib keladi. Okeanga mozaika singari sochib tashlangan shaklni eslatuvchi Indoneziyaning farqli xususiyati orollar hisoblanadi. Bali kurortlari – haqiqiy tabiat moʼʼjizasi, Yava – har bir ovchining sarguzasht ilinjidagi orzusi va boshqa bir qancha orollar, shubhasiz yangidan-yangi kashfiyotlarga undaydi.

Indoneziyada dam olish – bu haqiqiy tropik quyosh nurlari, dengiz toʼlqinlarining raqsi va istalgan sayyohni oʼziga sehrlab oluvchi sirli imoratlar. Bu davlatga maydan oktyabrgacha davom etuvchi quruq mavsumda tashrif buyurgan maqsadga muvofiq.

Indoneziyaga safar – bu yorqin plyaj ekzotikasi, bir umrga yodingizda qoluvchi sarguzasht va yangi xushmanzara joylar.