Tug‘ilgan kun uchun tabriklar matni (otaga)

Biz uchun qadrli bo‘lgan aziz otajon! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Sizni tavallud ayyomingiz bilan tabriklab, Sizga dunyodagi barcha eng ezgu tilaklarimizni baxshida qilamiz! Siz bizning suyangan tog‘imiz va xayotimiz tirgagisiz! Sizga mustaxkam sog‘lik, omad, baxt va xayotingiz quvonchli onlarga to‘la bo‘lishini tilab qolamiz! Barcha kunlaringiz xayrli bo‘lsin, g‘alaba nashidasi Sizga yor bo‘lsin, xonadonimiz to‘ri doimo Sizniki bo‘lib qolsin! Ayyomingiz muborak bo‘lsin!



Tug‘ilgan kun uchun tabriklar matni (otaga)

Aziz dadajon! Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklab, Sizga mustaxkam sog‘lik, boqiy umr, barcha rejalashtirgan ishlaringizda omad tilab qolamiz! Labingizdan tabassum arimasin! Bizni ko‘tarib voyaga yetkazgan kuchli va mexribon qo‘llaringiz aslo dard ko‘rmasin! Beg‘ubor qalbingiz xech qachon dard chekmasin. Ko‘zlaringiz xar doim quvonchdan porlasin! Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!


Biz uchun aziz, qadrli va mexribon bo‘lgan otajonimiz! Tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan tabriklab, qalbingizga quyosh xaroratini, bitmas-tuganmas farovonlik bilan yo‘g‘rilgan dorilomon va bekamu-ko‘st

xayot kechirish baxtini astoydil tilab qolamiz! Qadrli otajon! Biz Sizni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylaymiz, qadrlaymiz! Baxtimizga sog‘-omon bo‘ling! Ayyomingiz muborak bo‘lsin!


Aziz otajon! Biz Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan barcha farzandlaringiz nomidan muborakbod etamiz! Sizga oilamizdagi barcha narsalarni oqilona, donishmandlarcha xal etishingizda, xar qanday ezgu maqsadlar bilan yo‘g‘rilgan ishlarda zo‘r muvaffaqqiyatlar cho‘qqisiga erishishingizda va g‘alaba nashidasini surishingizda tilakdoshmiz! Barcha yaqinlaringiz mexribonligi va mexr-muxabbatini qozonish baxti nasib etsin! Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!


Qadrli otajon! Sizni tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan tabriklaymiz! Xar bir kuningiz faqat quvonchu-shodlik xis-tuyg‘ulari bilan to‘lib toshsin! Barcha ishlaringizda omad qushi yelkangizdan aslo tushmasin! Shu o‘rinda Sizga metinday mustaxkam sog‘lik, forovon turmush va barcha yaqinlaringiz qalb to‘ridan joy olish baxti nasib etsin! Ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin!