Qish haqida sherlar

Qish haqida sherlar. Ushbu Qish haqida sherlar to’plamini bolalar uchun taqdim etamiz. Qish haqida sher ko’proq o’rganish va o’qish uchun saralandi. Undan tashqari qish haqida ruscha sherlar ham joylandi.


Qish Haqida Qisqa Matn.


Qish — yilning eng sovuq fasli bo’lib, ko’plab mintaqalarda qor, muz va past harorat bilan ajralib turadi. Qishda ko’plab joylarda tabiiy manzaralar o’zgaradi: daraxtlar, er yuzini qoplagan qor bilan bezatiladi, bu esa go’zal ko’rinish yaratadi.


Qish fasli odatda har xil sport turlari bilan bog’liq, masalan, chang’i, qishki sport va muzda qolip olish. Bu vaqt davomida odamlar ko’pincha issiq kiyimlar kiyishadi va qishki bayramlarni nishonlaydilar, masalan, Yangi yil va boshqa an’anaviy tadbirlar.


Qishda tabiiy muhitda ham ko’plab o’zgarishlar ro’y beradi. Hayvonlar ko’p hollarda uyquga ketishadi yoki qishki muhrlanish jarayonida yashirinadilar. O’simliklar esa o’zlarini sovuqdan himoya qilish usullarini ishlab chiqadilar.


Qish Haqida Sherlar.



Dov-daraxtlar mizg‘igan,

Izg‘irin уel izg‘igan.

Ko‘chalar yaraqlaydi.

Yulduzlar charaqlaydi.

Jamlab barcha kuchini,

Kelmoqda qish qo‘shini.


Qishda – Keldi Qish Haqida Sherlar.



Rosa maza qish,

Qorlari — kumush.

Oq kiygan atrof.

Qish havosi sof.

Konki uchamiz,

Hech charchamay biz.

Goho qorbo‘ron

O‘ynab kim chaqqon?

—Bilib olamiz,

Qoyil qolamiz.


Qish Kelipti Yastanib.


To‘rt fasllar aylanib,

Qish kelibdi yastanib.

Zamin oppoq o‘ramda,

Yumshoq, momiq gilamda.


Ko‘cha to‘la bolalar,

Uchar quvnab chanalar.

Yanoqlari zir qizil,

Lek yonmoqda qizib dil.


Olam naqadar go‘zal,

Ertakdaman shu maxal.

Osmonlardan yog‘ar qor,

Atrofga sochib chiroy.


Tarnovda to‘p sumalak,

Qator-qator bir talak.

Mo‘ri, pechdan bo‘rillab,

Tutqun o‘ynar tarallab.


Mo‘jaz, sirlarga boysan,

Erka, to‘lingan oysan.

Kuch olar uxlab borliq,

Tanga bag‘ishlab xordiq.


Qishning Ishi – Qish Haqida Sher.



Qoyilman qish ishiga,

Zavq beradi kishiga.

Anhorni muzga qoplab,

Yaxmalak qildi boplab.

Faqat shuni bilmadim,

O‘ylab, o‘yga yetmadim.

Olamga oq libosni

Qanday qilib yopdiykin?

Buncha oq rang, oq nurni

Qanday qilib topdiykin?


Qish Sabog’i.


Shimimda to‘rtta cho‘ntak,

Paltomda to‘rtta cho‘ntak.

Birma-bir kirib chiqar

Bariga ikki qo‘lim.

«Kuh-kuh»lab qo‘llarimga

Oyimlar koyir andak,

— Shunaqa chatoq bo‘lar

Qo‘lqop yo‘qotish,

O‘g‘lim!


Derazaning Raxidan Qorni.


Derazaning raxidan qorni

kuzatadi tuvakdagi gul.

Tashqarida yoqqanida qor,

uyda kitob o’qigan ma’qul.


Tashqarida yoqqanida qor,

bu o’y surib ingramak demak

va chiroqni o’chirib qo’yib,

oppoq shamni yondirmoq kerak.


Qanday yaxshi, ma’yus, baxtiyor

qiz tashrifin o’tirsang poylab,

tashqarida yoqqanida qor

ko’chadagi chiroqda porlab.


Qanday yaxshi kuzatmoq to’yib

tashqarida yoqqan oq qorni,

hech bo’lmasa oldingga qo’yib

o’tkir sharob, bir burda nonni.


Biroq, nega chidamas yurak,

kiyinaman asta, bemador –

qiyin ekan uyda yashamak

tashqarida yoqqanida qor.


Kumush Qish.


Barglarini to‘kkanda daraxt,

Xashoratlar bo‘lganda karaxt,


Pechkalarda yonganda o‘tin,

Mo‘rilardan chiqqanda tutun,


Dala, bog‘ni qoplaganda qor,

Muzlaganda arig‘u-anxor,


Sovuq xukm surganda xar dam,

Qalin kiyim kiyganda odam,


Dalalarda susayganda ish,

O‘lkamizda demak «kumush qish»!


So’nggi Xat – Qish Haqida Sher.



Qor kechib, bog’chani kezaman,

Ko’zimni yashirib yorug’dan.

Men balki qochishni istayman,

Yurakda uyg’ongan og’riqdan.


Bog’chaga ochilgan deraza

Taratar navoni – yog’duni.

Men esa tushaman larzaga,

Yo’qotib qadrdon tuyg’uni.


Qo’limda sen yozgan so’nggi xat,

Vujudda kezadi qaltiroq.

Maktubing shu qadar qisqaki,

Og’riqning azobi uzunroq…


Laylak Qor.


Qor yog‘ar elak-elak,

Yog‘ar bo‘lib charxpalak.

Qo‘ngan zamon kaftimga,

Erib ketar taftimga.


Quvnoq qor,

Oppoq qor.

Qorni yig‘ib olaylik,

Bir shaklga solaylik.


Bolalar, keling, qani,

Qorbobo yasa, G‘ani.

Qara, burning uchini,

Bilgin sovuq kuchini.


Shalpang quloqlar tikka —

Qarab qolibdi ko‘kka.

Qor yog‘ar hamon-hamon,

Kulamiz xandon-xandon.


Qizib ketdi o‘yin ham,

Shodlikni ko‘rar baham.

Quvnoq qor,

Oppoq qor.


Qish Zavqi.


Tiniq suv shildir-shildir,

Muz tagidan oqqanda.

Chana uchgim keladir,

Qish fasli qor yoqqanda.


Qor ustidan chanalar,

Gʼiz-gʼiz uchar oʼq kabi.

Chunki oʼynab bolalar,

Qizib ketar choʼgʼ kabi.


Baʼzan qor boʼron oʼynab,

Quvlashib qor otamiz.

Qorqiz, qorbobo yasab,

Qish zavqini totamiz!


Qish Haqida Ruscha Sherlar



Как белый пух, снежок летает,

Встречайте зимушку-зиму!

А на ладошке снежок тает,

Уж очень там тепло ему.

(Лидия Огурцова)


Снег ложится на дома:

К нам опять пришла Зима!

Принесла в котомке

Вьюги да позёмки,

Холода, сугробы, лёд

И, конечно, Новый Год!

(Марина Дружинина)