Keldi bahor, gul bahor
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.
Suvlar oqar shildirab,
Yulduz boqar mildirab,
Chumolilar yayrashar,
Sho‘h bulbullar sayrashar.
Endi ilk sof navbahor,
Chunki bizda gulbahor.
Bog‘da qizil lolalar
Terib oling bolalar.
Tog‘ bag‘rida qo‘zilar,
Ma’rab o‘tga cho‘zilar.
Tolbargak taqib qizlar
Chuchmomalarni izlar.
Quyosh nurlarin sochdi,
Atirgul g‘uncha ochdi.
Yuring chiqaylik, bog‘lar
Bizni kutar o‘rtoqlar.
Shukur Sa’dulla (1912-1972)