✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar abituriyentlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlagan birinchi oliy taʼlim muassasasi tomonidan test sinovlari o‘tkazilishiga qadar 11 iyuldan 20 iyulgacha, test majmualarida fanning o‘rniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizigacha bo‘lgan oraliqda yagona ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 21 iyulga qadar bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markaziga oliy taʼlim muassasalari tomonidan 22 iyulgacha taqdim etiladi.