2024-2025 o‘quv yili uchun super kontrakt narxlari

Yangi o‘quv yili uchun super kontrakt miqdori hali tasdiqlanmaganligi haqida turli telegram kanallarda xabarlar tarqalmoqda. Tahririyatimiz tomonidan super-kontrakt bo‘yicha eng muhim savollar va javoblar shu yerda to‘plandi.


Joriy yilda super-kontrakt narxi qancha?


OTMlarga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori har yili Davlat komissiyasi bayoni bilan belgilanadi. Ammo 2024-2025 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdori hali tasdiqlanmagan va e’lon qilinmagan.


Super kontrakt tabaqalashtirilgan kontraktning necha barobarida to‘lanadi?


2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori belgilangan edi. Hozircha joriy yilgi qabul uchun ushbu miqdor hali belgilanmadi.


Masalan, agar abituriyent tanlagan yo‘nalishida oxirgi kontrakt balli 123 bo‘lsa va siz 122,5 ball bilan kira olmagan bo‘lsangiz, ushbu yo‘nalishga belgilangan kontraktning 1.5 barobarida super-kontrakt to‘lab, o‘qishga kirishingiz mumkin bo‘ladi.


Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?


Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi. Bu esa super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmasligini anglatadi.