Eng yaxshi fitnes-brasletlar | Roskachestvo reytingi

Eng yaxshi fitnes-brasletlar | Roskachestvo reytingi

«Rossiya sifat tizimi» notijorat tashkiloti fitnes-brasletlarning yangilangan reytingini e’lon qildi (https://rskrf.ru/ratings/tekhnika-i-elektronika/electronic/fitnes-braslety/). U beshta yangi modelni o‘z ichiga oladi va ulardan ikkitasi eng aniq brasletlar ro‘yxatini boshlab bergan. Qizig‘i shundaki, bir nechta toifadagi yetakchilar orasida Xiaomi modellari mavjud emas, garchi ular Rossiya bozorida eng ko‘p sotilgan bo‘lsa ham .

Roskachestvo mutaxassislari fitnes-brasletlarni turli toifadagi 237 ko‘rsatkich bo‘yicha baholashdi. Eng muhim mezonlar — jismoniy faollik va sog‘liq ko‘rsatkichlari nazorati, batareya, foydalanish qulayligi, smartfonni boshqarish imkoniyatlari va qurilma sifati.

Roskachestvo ma’lumotlariga ko‘ra, eng aniq fitnes-braslet — Fitbit Charge 4. U barcha kerakli datchiklar, shu jumladan qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini (saturatsiyasi)aniqlaydigan datchik bilan ham jihozlangan, shuningdek, GPS (https://t.me/gsmgurus_FAQ/554)-moduliga ega. Ko‘rsatkichlarning aniqligi jihatidan ushbu braslet reytingdagi boshqa barcha fitnes-braslet modellarini ortda qoldiradi. Qurilmaning yagona kamchiligi — smartfonda pleyerni boshqarish funksiyasining yo‘qligi.

Smartfon sog‘lig‘ingizni yaxshilash va nazorat qilishda qanday yordam beradi?

(https://t.me/gsmgurus_FAQ/855)Huawei Band 4 Pro — narx va sifat jihatidan eng yaxshi fitnes-braslet. Ushbu model batareyasining uzoq muddatga yetishi, yuqori sifatli ekran va ko‘rsatkichlarning yuqori aniqligi bilan ajralib turadi. 3 ming rubl (414 ming so‘m) narxda u yaxshi datchiklar to‘plami va GPS-moduliga ega. Roskachestvo ta’kidlashicha, bunday apparat qismiga ega fitnes-brasletlar ko‘pincha ancha qimmat turadi.

Roskachestvo mutaxassislari Honor Band 5 va Samsung Galaxy Fit2 modellariga e’tibor berishni maslahat berishadi. Birinchisi — yetarlicha aniq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan arzon va hali ham dolzarb braslet, ikkinchisi esa o‘z sog‘lig‘ini nazorat qilishni istagan odamlar uchun mos keladi.

Savol: Siz fitnes-braslet yoki smart-soatdan foydalanasizmi va ko‘proq qaysi imkoniyatlaridan?