Kreditni boshqa kishi nomiga o‘tkazish mumkinmi? Kreditni boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirish haqida.
Bir uy olmokchi edim lekin uyni 16 yillik krediti bor ekan shunga agar uyni olsam uyni Ham bank to‘lovlarini ham uy egasi nomimga o‘tkazib beradimi?
Fuqarolik kodeksining 322-moddasiga binoan qarzdorning o‘z qarzini boshqa shaxsga o‘tkazishiga faqat kreditorning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Yangi qarzdor kreditor bilan dastlabki qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan barcha e’tirozlarni kreditor talabiga qarshi qo‘yishga haqli.
Agar kafil yoki garovga qo‘yuvchi yangi qarzdor uchun javob berishga rozi bo‘lmasalar, qarz boshqa shaxsga o‘tkazilishi bilan kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan belgilangan garov bekor bo‘ladi.
Bundan kelib chiqadiki, bank rozi bo‘lsa kreditni boshqa shaxsga o‘tkazish harakatlarini amalga oshirish mumkin bo‘ladi.