HOVLI-JOYNI IKKIGA BO‘LISH MUMKINMI?

Savol: Katta hovlidagi 2 ta alohida uylarda aka-uka yashaydi. Qo‘shnimga bu hovli-joy rahmatli otalaridan qolgan. Uy marhum otaning nomida. Aka-ukalarning kirish-chiqishi alohida. Shu holatda bu hovli-joyni ikkiga bo‘lish mumkinmi?


O.Jabborov.


Javob: Rahmatli otalaridan qolgan merosni ikkita farzandi teng hissada qabul qiladi. Agar qolgan merosxo‘rlar o‘z ulushlaridan voz kechishsa, albatta. Keyin ular Davlat xizmati markazi orqali kadastr idorasiga murojaat qilib, uy-joyni ikkita hovliga ajratishga ariza yozadilar. Kadastr hujjatlariga ko‘ra turar-joy alohida 2 ta hovliga ajratiladi.


Savolga Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Komil Xushvakov javob berdi.