17 ta turdagi hujjat va ma’lumotnomalarni so‘rash taqiqlanmoqda

7 ta turdagi hujjat va ma’lumotnomalarni so‘rash taqiqlanmoqda 😀


✅ Prezident farmoniga ko‘ra (https://uza.uz/uz/posts/aholi-va-tadbirkorlik-subektlariga-davlat-xizmatlaridan-foydalanishda-yanada-qulay-sharoitlar-yaratish-bu-borada-byurokratik-tosiqlarni-qisqartirish-boyicha-qoshimcha-chora-tadbirlar-togrisida_251106), 2021 yil 1 iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlaridan:


a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni:


— ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;


— narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;


— sudlanganlik;


— manzil-ma’lumot axboroti;


— fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;


— turar joyning maydoni;


— soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;


— soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;


— pensiya va nafaqa miqdori;


— pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi;


— nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi;


b) quyidagi hujjatlarni:


— shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;


— shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;


— tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari;


— mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);


— ish haqi va ish stajini, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);


— kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini talab qilish bekor qilinadi.


Ushbu hujjat yoki ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.