Savol: Assalom alaykum mening pasportim xozirda 10 varoq qoldi yani 20 ta saxifa shu sababli pasportimi qachon almashtirishim kere oxirigacha tolgandami yoki 2 va 3 varoq qolgandami?
✅ O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomga asosan:
Quyidagi hollarda pasport almashtiriladi:
— pasportning amal qilish muddati tugaganda;
— familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganida;
— millatini, tug‘ilgan yilini o‘zgartirganda;
— yozuvlardagi chalkashlik aniqlanganda;
— viza va alohida belgilar uchun mo‘ljallangan varaqlar to‘lganda;
— foydalanishga yaroqsiz holga kelganda.
© Yuridik klinika