Sarimsoqov Toshmuhammad Aliyevich haqida

Sarimsoqov Toshmuhammad Aliyevich haqida

Sarimsoqov Toshmuhammad Aliyevich


Tavallud topgan sana:
4 sentyabr 1915 yil


Vafot etgan sana:
18 dekabr 1995 yil


Tug'ilgan joy:Andijon


Yo'nalishlar: Matematiklar





Tarjimai hol


O‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti (1947 - 1952-yy.) O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943-y.). Fizika-matematika fanlari doktori, matematik-olim, Mehnat Q‘ahramoni (1990-y.), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi asoschilaridan biri, fan va ta’lim faollaridan biri, jamoat arbobi.


1915-yil 4-sentabrda Andijon viloyatining Shahrixon qishlog‘ida tavallud topgan.
Beruniy nomidagi O‘zSSR Davlat mukofoti laureati (1967-y.) O‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (O‘ODU, 1936-y., hozirgi O‘zMU). Mehnat faoliyati davomida O‘ODUda assistent, dotsent, kafedra mudiri, O‘ODU va ToshDU rektori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti va prezidenti, OyazSSR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, O‘zR FA prezidenti maslahatchisi bo‘lib va O‘zbekistondagi boshqa mas’uliyatli boshqaruv organlari lavozimlarida ishlagan.
O‘ZSSRda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1960-y.).
Fan va texnika sohasida SSSR Davlat mukofoti laureati (1948-y.).
170 dan ortiq ilmiy ish, shuningdek 8 ta monografiya muallifi. 10 nafar fan doktori va 50 nafar fan nomzodini tayyorlagan.
1995- yil 18-dekabrda vafot etgan. Toshkent shahrida dafn etilgan.
2002-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (vafotidan so‘ng).