Avto kredit berayotgan Banklar

O‘zbekistonda 2019-yilga nisbatan avtokreditlarni berish shartlari qanchalik o‘zgarganligi tahlil qilindi. «Spot» nashrining yozishicha, 2019-yil dekabr oyida avtokredit bo‘yicha qarzdorlar soni 2,7 baravarga o‘sgan.


2019-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 85 mingta avtomobil qarzdorligi bor edi. Bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 2,9 va 2017-yilga nisbatan 12 baravar ko‘p.


Yopilmagan avtokreditlarning umumiy soni 4519 ni tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan 2,7 baravar, 2017-yilga nisbatan 19 baravar ko‘p.


Avto kredit berayotgan Banklar
Avto kredit berayotgan Banklar

16 bank 2020-yil yanvar oyida avtokreditlarga bo‘lgan yuqori talabni qondirishga tayyor. 2019-yildan asosiy farq — bu stavkalarning oshishi. Agar o‘tgan yili bu ko‘rsatkich o‘rtacha 25–27 foizni tashkil yetgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich deyarli 30 foizni tashkil etadi.


Barcha banklar shartlariga ko‘ra oldindan to‘lovni amalga oshirish lozim. Qoida tariqasida, bu avtomobil narxining 30 foizini tashkil etadi, garchi undan ko‘proq yoki kamroq variantlar bo‘lsa ham.


Bir nechta banklar avtokreditlar taklif qilishmoqda — ular bo‘yicha foiz stavkasi omonat miqdori va kredit berish muddatiga qarab o‘zgaradi.











































































































BankMuddatiBoshlang‘ich to‘lovFoizi
Asia Alliance Bank12 oydan 36 oygacha25%dan27%dan

31%gacha
«Ipoteka-bank»12 oygacha40%dan30%
«O‘zpromstroybank»12, 24 va 36 oygacha25%dan28% dan 31,9%gacha
Bank «Ipak Yo‘li»36 oygacha40%dan23,8%
«Agrobank»12 va 24 oygacha50%dan28% va 30%
«Kapitalbank»12 oygacha30%dan24%
«Universalbank»36 oygacha30%dan42%
«Trastbank»36 oygacha30%dan24%dan

28%gacha
«Turkistonbank»36 oygacha30%dan28%dan

30%gacha
«Davrbank»35 oygacha30%dan30%
Ravnaq Bank12 va 36 oygacha30%dan28%dan

32%gacha
Orient Finans Bank48 oygacha25%dan26%dan

28%gacha
«Savdogarbank»30 oygacha30%dan30%
«Hamkorbank»36 oygacha30%dan30%
Ziraat Bank Uzbekistan12, 24 va 36 oygacha30%dan24%dan

27%gacha
Tenge Bank36 oygacha30%dan25,9%gacha

E’tibor bering: ma’lumotlar ushbu maqola nashr etilgunga qadar tegishli bo‘lib, faqat ma’lumot sifatida taqdim etiladi. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Ma’lumotlarni banklarning o‘zida aniqlashtirish tavsiya etiladi.