Bowling klubi biznesi
— Shahar hududlarida eng gavjum joylardan biri bu Bowling klublaridir. Odamlar ishdan keyin hordiq chiqargani do’stlari bilan shunday joylarga borishni yoqtirishadi. Bu esa biznesning rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.
#Xarajatlar:
– Biznesni ro’yxatdan o’tkazish — 150$
– Uskunalar — 149500$
– Binoni ta’mirlash va tayyorlash — 45000$
– Marketing — 1400$
– Aylanma mablag’ — 13650$
– Veb-sayt ishlab chiqish — 1250$
Jami: ~ 210950$
#Oylik_xarajatlar:
– Ijara (700 kv.m) — 4500$
– Xodimlarga ish haqi — 3500$
– Reklama — 550$
– Amortizatsiya — 550$
– Sotish va ma’muriy xarajatlar — 550$
– Kommunal to’lovlar, Internet, telefoniya — 410$
Jami: ~ 10060$
— Ushbu biznesda kiritilgan sarmoyaning qoplanishi biroz uzoqroq davom etadi, 2-3 yilga cho’zilishi mumkin. Chunki sarmoya katta miqdorda kiritilgan va yangi biznes ommaga tanilib olishi, rivojlanib-yurib ketishi uchun ham biroz vaqt kerak bo’ladi.