kasb-hunar maktablariga qabul boshlanmoqda 2023-2024

⚡️ 2023-2024 o‘quv yili uchun 1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanmoqda!


Kasb-hunar maktablariga qayerga hujjat topshiriladi?


🔰 100 dan ortiq kasblardan birini egallash istagida boʻlgan joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari my.edu.uz elektron platformasi orqali 2023-yilning 1-iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.


Kasb-hunar maktablariga topshirish uchun kerakli hujjatlar


my.edu.uz platformasiga:


➖ tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;



➖ 3×4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.


✔️ Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda.


👉Onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.