Ortokeratologik linzalar(tungi linzalar) nima? 👁
🔻Ushbu linzalar faqatgina tunda uxlashdan oldin taqilib, uyqudan turgach kun davomida ochki yoki kunduzgi linzalarsiz to’laqonli ko’rishga ega bo’lish mumkin✅
🟢Misol uchun agar miopiya darajasi -4.0 dioptriy bo’lsa, to’laqonli kunduzni yaxshi ko’rish uchun o’rta hisobda 2 hafta davomida linzalardan uzluksiz foydalanish kerak bo’ladi. Ammo bir narsani unutmaslik kerakki, istalgan ko’rish o’tkirligiga erishilgandan keyin ham doimiy ravishda tungi linzalar taqib borilishi kerak ❗️
🟡Ortokeratologik linzalar 5-6 yoshdan 50-60 yoshlargacha bo’lgan bemorlarda qo’llanilishi mumkin.
🟣Miopiya -4.0 -5.0 darajada bo’lsa qiyinchiliksiz korreksiya qilish mumkin. Agar gipermetropiya bo’lsa, ya’ni plyus bo’lsa bu linzalar +3.0 +4.0 darajalargacha qo’llanilishi mumkin. Astigmatizmda -3.5 -4.0 gacha korreksiya qilinadi ❗️
🟠Ushbu linzalar har bir bemor uchun maxsus ko’rikdan so’ng individual tanlanadi
🔵Bu linzalarni taqgan holatda tungi paytda biron yumush bilan turish kerak bo’ladigan bo’lsa bu muammo tug’dirmaydi !!! Bu linzalar orqali ko’rish mumkin.