Vatan haqida matn

Vatan haqida matn. Tug’ilib osgan vatanimiz haqida turli xildagi matnlar. Ushbu matnlar ijtimoiy tarmoqlar hamda saytlardan yuklab olingan.


Vatan Haqida Matn.


Vatan, shuningdek, bizning turmush tarzimiz va o’zimizni qanday his qilishimizga ta’sir etadi. Bu joyda biz tug’ilamiz, o’samiz va rivojlanamiz. Bu yerda biz do’stlar orttiramiz, oilamiz bilan vaqt o’tkazamiz va bizni o’zimizni bir qismimiz kabi his qiladigan joyda yashaymiz.


Shuningdek, vatanimizga nisbatan mas’uliyatimiz ham bor. Biz uning rivojlanishi uchun, tabiiy boyliklarini saqlab qolish uchun, ijtimoiy adolatni ta’minlash uchun va umumiy farovonlik uchun o’z hissamizni qo’shishimiz zarur. Vatanimizning obro’si va kelajagi bizning qo’limizda. Shuning uchun, biz o’z vatanimizni sevmaymiz va uni hurmat qilamiz, biz uning qadrini bilib, uning rivojlanishi uchun faol ishtirok etamiz.


Vatan – bu insonning tugʻilib oʻsgan yeri, uning goʻdaklik chogʻidanoq mehr qoʻygan oʻchogʻi, mahallasi va qishlogʻi bilan taʼriflanadi. Vatan soʻzi arab tilida tugʻilib oʻsgan joy, ona yurt maʼnosini anglatadi. Vatanga muhabbat yuksak insoniy fazilat. Bu borada: “Vatanni sevmoq imondandir” hikmatini esga olishning oʻzi kifoyadir.

Bizga maʼlumki, Vatanga boʻlgan muhabbat joy, makon va vaqt tanlamaydi. Vatan muzliklarda, sahrolarda, changalzorlarda boʻlishi mumkin. Bu tuygʻu inson tugʻilishi bilan vujudga kelib, vafot etishi bilan oʻz poyoniga yetadi. Vatanga mehr esa, ona suti bilan qalbga singadi.


Oila Vatan Ichra Vatan.


Shu oʻrinda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Margʻinoniy, Qaffol Shoshiy, Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek, Ahmad Fargʻoniy, kabi buyuk allomalarimiz Vatanga boʻlgan kuchli muhabbatlari tufayli koʻplab asarlarini yurt nomi bilan bogʻlaganlari tarixdan maʼlum.

Buyuk ajdodlarimiz Najmiddin Kubro vatan himoyachisi qanday boʻlishiga yorqin misol boʻla oladi. Minglab muridlarga ega boʻlgan bu tariqat peshvosi moʻgʻullar bostirib kelganligidan xabar topgach, birinchilardan boʻlib Vatan himoyasiga otlanadi. Moʻgʻul hukmdorlari Najmiddin Kubroning xalq orasidagi obroʻ-eʼtiborini koʻrib, unga shaharni tashlab, oʻzi ixtiyor qilgan tarafga ketishini taklif qiladi. Biroq Vatanini oʻz jonidan ustun bilgan Najmiddin Kubro bosqinchilarga qarshi jangga kirishadi, lashkarlarni olgʻa chorlab borayotganida shahid boʻladi.

Jaloliddin Manguberdining esa mohir lashkarboshiligi, jasorati va mardligi moʻgʻul imperiyasi hukmdori Chingizxonni lol qoldirgani tarix sahifalaridan maʼlum. U Jaloliddinning shaʼniga maqtov soʻzlarini izhor etib: “Otadan dunyoda hali bunday oʻgʻil tugʻilmagan. U sahroda sher kabi gʻolib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi botirdir”, deydi va oʻgʻillariga yuzlanib: “Otaga shunday oʻgʻil zarurki, u ikki girdob – olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oladi”, deb taʼriflashi uning mardligini tan olganini anglatadi.

Bir soʻz bilan aytganda, ming yillar davomida yurtimizni istilo qilganlar oz boʻlmagan. Biroq barcha zamonlarda ham oʻz yurtini himoyalash maqsadida bosqinchilarga qarshi ozodlik bayrogʻini baland koʻtargan vatanparvar yoʼlboshchilar, millat qahramonlari halqimiz dushmanlari bilan tinimsiz kurash olib borgan.


Vatan Haqida Matn Ko’proq.


Shu sababli, Vatanni sevish uni himoya qilish naqadar savobli ish ekanligi, Vatanga xiyonat qilish esa kechirilmaydigan katta gunohligini koʻrishimiz mumkin.

Ammo ayrim kishilar oʻz Vatanini tashlab oʻzga yurtlarda vatangadolik qilib yurganliklari hech kimga sir emas. Bobolarimizdan meros boʻlib kelayotgan “Oʻzga yurtda shoh boʻlguncha oʻz yurtingning gadosi boʻl” degan hikmatli soʻzga koʻra, bu insonlarda na vatan, na insoniylik, na ota-onaga boʻlgan hurmat, aka-uka, opa-singilga boʻlgan mehr, qavmu qarindosh va qoʻni qoʻshnichilikka nisbatan oqibatni aks etmaganini koʻrishimiz mumkin. Ularning ayrimlari esa turli radikal diniy ekstremistik tashkilot va oqimlarga qoʻshilib ketayotgani kishini ajablantiradi. Ular oʻzga ayrim manfaatdor yovuz kishilarning nayrangiga uchib oʻz vatanidan, oilasidan hatto ota-onasidan ham voz kechib ketmoqda… Bunday xislat insoniylik mezoniga ham toʻgʻri kelmaydi. Zero, inson oʻz Vatani ravnaqi uchun fidoiylik koʻrsatishi, bu yoʼlda kerak boʻlsa, jonini ham berishga tayyor boʻlishi lozimdir.

Vatanni sevish va ayniqsa, bu sevgini amalda namoyon qilish unchalik oson ish emas. Bu insondan juda katta jasoratni, bardoshni, chidamni talab qiladi. Qizigʻi shundaki, Vatan oʻz farzandlaridan har bir lahza jon fido qilishini talab qilmaydi. Bu yoʼlda sodir boʻladigan fidoiylik eng yuksak jasorat boʻlib, u kutilmagan hollarda roʻy beradi.

Lekin Vatan sevgisi insondan bir qarashda mahobatli koʻrinmaydigan, insonning oddiy faoliyatidan kam farq qiladigan, aslida esa juda mashaqqatli mehnatdan iborat boʻlgan kundalik jasoratni talab qiladi.

Donishmandlardan birining aytishicha: “Vatan bir bogʻdir, Vatanning sodiq farzandlari bu bogʻni oʻz yurak qonlari ila sugʻarmaklari darkordir…”

Oʻzini vatan farzandi deb hisoblovchi inson butun tanu joni bilan yurak qoni ila vatan bogʻini yashnatish uchun xizmat qilishi kerak.

“Vatan ostonadan boshlanadi”, deganlaridek Vatan har bir kishining oʻz qalbidan vijdonidan boshlanadi. Yaʼni, har kishining qalbida Vatanning jajji qiyofasi yashaydi. Vatan – biz nafas olayotgan havodir. Vatanning bir zarrasi ekanini anglamoq kishi uchun iftixor va sharafdir. Shu sababli vatanni sevmoq, qadrlamoq va ravnaqi hamda shonu sharafi uchun xizmat etmoq kerak.

 


Sadriddin Abdurashidov,

“Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi