?DORI SHAKLI ?
Kapsula
?TARKIBI ?
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: ?
Faol moddalar: ⤵⤵
alfa-tokoferol atsetati (Evitamini) (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 g, retinol palmitati (A vitamini) moyli eritma 55,036 mg (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 ml (100000 XB).
Yordamchi moddalar: ⤵⤵
makkajo‘xori moyi (rafinatlangan, dezodoratsiya qilingan) yoki soya moyi yoki kungaboqar – 0,2 g.
Qisqa qilib E vitamini + retinol ( A vitamini ) saqlaydi.
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Polivitamin vosita. Vitamin E va A tarkibli vosita.
?QO’LLANILISHI ?
—A va E avitaminozi , ya’ni shu vitaminlar organizmda yetishmovchiligida qabul qilinadi.
Majmuaviy davolashda:
– toʻqimalarning trofikasini buzilishi bilan birga kechuvchi terini shikastlanishlari va kasalliklari (psoriaz, ekzemaning ayrim shakllari, ixtioz, seboreyali dermatit);
– obliteratsiyalovchi endarteriitda qoʻllanadi.
— Ko’rish o’tkirligini yaxshilaydi , sababi A vitamini hisobiga.
— Kapillyar qon tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi.
?QO’LLASH USULI VA DOZALARI ?
Faqat shifokorning tavsiyasi boʻyicha qoʻllanadi.
Ichga buyuriladi. Kuniga 1 kapsuladan, ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar. Davolash kursi – 30-40 kun. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin takroriy davolash kursini oʻtkazish mumkin.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi), qorin yuqori sohasida diskomfort his qilish, dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya).
Uzoq vaqt qabul qilganda o‘t-tosh kasalligi va surunkali pankreatit zo‘rayishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKIN EMAS HOLATLAR ?
— Preparatning komponentlariga yuqori allergik reaksiyalar bo’lganda.
— A va E gipervitaminozi , ya’ni shu vitaminlar organizmda oshib ketganda .
— 18 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
— Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas . Birinchi 3 oylikda qabul qilish qat’iyan mumkin emas.
— Qon bosimi baland bo’lganda va davleniyasi borlarga mumkin emas.
— Miokard infarkti va yurak og’ir yetishmovchiligida mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
▶Belgilangan dozadan ortiq qabul qilsangiz , qon bosimi oshadi . Shu sabab davleniya oshganda va doimiy qon bosimi bor kishilar qabul qilishi mumkin emas.
▶O’t — tosh kasalligi va pankreatit kasalligi bor bemorlarga qabul qilish buyurilmaydi.
?NARXI — 20 kapsulasi ( Rossiyaniki ) 5000 so’m.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Belarussiya , Rossiya , Uzbekistan
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,,ТАБЛЕТКА » kanali