Jenavit kapsulasi — ayollar gormonal faoliyatini normallashtiruvchi

?Jenavit kapsulasi — ayollar gormonal faoliyatini normallashtiruvchi vosita.


#Jenavit kapsula

#Женавит капсула


?DORI SHAKLI : kapsula


?TARKIBI : ?


Tabiiy mikronlashtirilgan progesteron — 100 mg.


?TA’SIRIGA KO’RA ?


Progestagen vosita.


?QACHON QO’LLANILADI ?


— Bachadon va bachadon naylarining mushaklarini qo’zgaluvchanligini va qisqaruvchanligini kamaytiradi ( oksitotsinga teskari ta’sirga ega ).

— Bachadonning ichki birinchi qavatini , ya’ni endomatriy qavatini normal shakllantirishga yordam beradi.

— Sut bezlariga ijobiy , yaxshi ta’sir qiladi.

— Ayollarda progesteron tanqisligi holatlarida qabul qilinadi.

— Xayzdan oldingi holatlarda qo’llaniladi.

— Ovulyatsiyani buzilishi va umuman ovulyatsiya yuz bermaydigan holatlar oqibatida yuzaga kelgan xayz siklining buzilishida qabul qilinadi.

— Xavf soluvchi abort yoki progesteron yetishmovchiligi oqibatidagi odatdagi abortni oldini olish maqsadida qo’llaniladi.

— Lyutein yetishmovchiligi oqibatidagi bepushtlikda qo’llaniladi.

— Fibroz kistoz mastopatiyada

— Menopauzal o’tish davrida qo’llaniladi va menopauzadan oldingi va keyingi davrlarda gormonal davolash maqsadida esterogen saqlovchi preparatlar bilan birga qo’llaniladi.

— Muddatidan oldin tug’ruqni oldini olish maqsadida qabul qilish mumkin ( chunki jenavit bachadon qisqarishini kamaytiradi va oksititsinga teskari ta’sirga ega).

— Ayollarda muddatidan oldingi menopauzada qo’llaniladi.



?QO’LLASH USULI VA QO’LLASH DOZASI ?


Preparat uyqudan oldin suv bilan ichga qabul qilinadi. Kechasi uxlashdan oldin 1 kapsula ichib uxlash kerak.


Yana bir ma’lumotni aytib o’taman. Jenavitni kasallik turi va holatiga qarab sutkalik doza kuniga 2 — 3 kapsula ham qabul qilish mumkin. Qabul qilishdan oldin shifokor ginekolog bilan maslahatlashib qabul qiling.



?NOJO’YA TA’SIRI ?


— Xayz siklini buzilishi , qon ketishlar.

— Bosh og’rigi va uyqusizlik kuzatiladi.

— Qorinni dam bo’lishi kuzatiladi.

— Eshakyemi va teri qichishish kuzatiladi ko’pincha.

— Sut bezlarida taranglik , qindan ajralmalar kelishi va bo’g’imlarda og’riq kuzatilishi mumkin.

— Tunda ko’p terlash va isitma holati kuzatiladi.

— Qon bosimni oshishi kuzatilishi mumkin.



❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?


— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.

— Venalarda tromblar bo’lsa , tromboemboliyada, o’pka arteriyasida tromboemboliya bo’lganda mumkin emas.

— Qon quyuqlashgan paytda va qoni quyuq insonlarda mumkinmas.

— Miokard infarkti va insultda mumkin emas.

— Sababi nomalum bo’lgan qindan qon ketishda mumkin emas.

— Sut bezi va jinsiy a’zolar o’smalarida mumkin emas.

— Jigar og’ir kasalliklarida, gepatitda va jigar o’smalarida mumkin emas.

— 18 yoshdan kichik yoshdagilarga mumkin emas.

— Emizish davrida mumkin emas.




?ADMIN MASLAHATI ?


?Jenavitni homiladorlikning birinchi 3 oyligida qo’llash mumkin emas ( esda saqlang ).


Homiladorlikning 2 chi va 3 chi oyliklarida ehtiyotkorlik bilan shifokor maslahati bilan qo’llash mumkin.


?Jenavit qon bosimini oshiradi. Davleniyasi baland yuradigan kishilar qabul qilishi mumkin emas. Qon bosimi oshgan vaqtda ham mumkin emas.


?Emizish davrida qabul qilish mumkin emas.


?Og’ir yurak, jigar va buyrak kasalliklarida mumkin emas.


?Bronxial astma , epilepsiya va migren kabi kasalligi bor kishilar shu kasallikning og’ir davrida bo’lsa jenavitni qabul qilish mumkin emas. Yengilroq davrida bo’lsa ehtiyot bo’lib shifokordan so’rab foydalansa bo’ladi.


?Jenavit qondagi qand miqdorini oshiradi. Shu sabab qandli diabeti bor bemorlar , qondagi qand miqdori normadan oshib ketgan bo’lsa qabul qilish mumkin emas.Agar qondagi qand miqdori past bo’lsa yoki normada bo’lsa ehtiyot bolib qo’llasa bo’ladi.


?Jenavitni qabul qilishdan oldin shifokoringizdan xayz siklining qaysi kunidan boshlab qabul qilishni ham so’rang ( Anniq so’rang ahamiyati katta buni ).


?Qo’llash — retsept bilan albatta .

?Ishlab chiqaruvchi — Xitoy