?Karsil tabletkasi — jigar kasalliklarida qo’llaniladi.
?Kapsula ko’rinishida ham chiqadi.
#Karsil tabletka
#Карсил таблетка
?Dori shakli : tabletka
?Tarkibi : silimarin moddasi
?Ta’siriga ko’ra ?
Jigar kasalliklarida qo’llaniladi. Gepatoprotektor.
?QO’LLANILISHI ?
— jigarning toksik zaharlanishida
— Jigar kasalliklarida
— Surunkali jigar kasalliklarida va jigar sirrozida qabul qilinadi
—Jigar ishi faoliyatini normallashtiradi
— Jigarning toksik zaharlanishi oldini oladi
— O’t yo’llarining diskineziyasida , yani qayrilib qolishida
— Surunkali gepatitda
— Giyohvandli va alkogolli vositalarni ko’p qabul qilganda qabul qilinadi.
— O’tkir gepatitdan keyingi holatda
?QABUL QILISH USULI ?
12 yoshdan katta va katta yoshdagilar uchun buyuriladi.
Kuniga 1 tabletkadan 3 mahal qabul qilinadi.
Shifokor belgilab bergan dozada qabul qilganingiz ma’qul.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Diareya
— Ko’ngil aynish va qusish
— Teri toshmalari
— Teri qichishishi
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Homiladorlik va emizish davrida
— 12 yoshdan kichik bo’lganlarga mumkin emas.
?ESLATMA : karsil preparati bir necha dozada chiqadi.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Bolgariya