Baʼzan spermada qon aralashib qolganligi kuzatiladi. Spermada qon aralash boʻlishi norma va kasallik boʻlishi mumkin. Agar uzoq vaqt jinsiy aloqa qilmagan odamda sodir boʻlsa, bu normal holat boʻlishi mumkin. Aksari boshqa hollarda qandaydir muammo borligini bildiradi.
Spermada qon boʻlishi chin va yolgʻon turi bor. Spermada qon boʻlishining chin turida qon spermaga tanosil aʼzolarining quyidagi qismlarida aralashib qoladi. Ular:
Moyak;
Prostata;
Urugʻ chiqaruvchi yoʻllar;
Urugʻ pufakchalari.
Bunday hollarda sperma rangi qizgʻish rangda boʻladi. Sperda qon boʻlishi yolgʻon shaklida spermaga qon siydik yoʻllarida aralashib qoladi, spermada qon ipchalari, izlari koʻrinadi. Sababi qon spermaga aralashib ketib ulgurmagan boʻladi.
Spermada qon aralash boʻlishiga sabab nima?
Spermada qon boʻlishi jiddiy belgi. Albatta yetarli eʼtibor berilishi va sabablari aniqlab qoʻyilishi shart. Spermada qon boʻlishi nafaqat farzand koʻrish salohiyatiga, balki umumiy salomatlikka ham taʼsir qilishi mumkin. Shuning uchun zudlik bilan androlog mutaxassisga borish kerak. Birinchi oʻrinda sabablari tekshirilishi va aniqlanishi shart.
Yosh erkaklarda spermada qon boʻlishi koʻpincha tanosil aʼzolari boʻlmish moyak ortigʻi, urugʻ pufakchalari, prostata bezi yalligʻlanishi belgisi boʻlishi mumkin. Agar yalligʻlanish prostata bezida boʻlsa spermada qon boʻlishiga qoʻshimcha xolda yana boshqa bezovtaliklar. Masalan:
tana harorati koʻtarilishi;
tez-tez siyish;
barvaqt eyakulyatsiya;
jinsiy aloqada lazzat pasayib ketishi.
Agar sizda shu belgilardan birontasi kuzatilsa, albatta shifokorga murojaat qiling.
Nima uchun spermada qon boʻladi?
Prostatit va vezikulit
Asosan spermada qon boʻlishi sababi urugʻ pufakchalari yalligʻlanishi, yaʼni vezikulit sabablidir. Vezikulit oʻz-oʻzicha paydo boʻlmaydi. U asosan surunkali prostatit asorati sifatida paydo boʻladi. Spermada qon boʻlishi prostata va urugʻ pufakchalarida aniq shamollash borligi belgisi. Aynan prostata bezi va urugʻ pufakchasi urugʻ suyuqligini ishlab chiqishda qatnashadi. Yana vezikulitni boshqa belgilari umumiy behollik, qorin pastki qismida ogʻriq boʻlishi mumkin. Qorin pastki qismidagi ogʻriq siydik ushlab turilganda va shahvat qoʻzgʻalganda kuchayishi mumkin. Vezikulitda qon sperma va siydikda ham boʻladi.
Onkologik sabablar
Katta yoshdagi erkaklarda spermada qon boʻlishi prostata bezida yaxshi yoki yomon sifatli oʻsma borligi belgisi boʻlishi mumkin. Yillar davomida erkak organizmida prostata raki paydo boʻlishi mumki boʻlgan sabablar yigʻiladi. Agar yomon sifatli oʻsmani vaqtida aniqlanmasa oqibati ancha ayanchli boʻlishi mumkin. Diagnostika qiyinligi bu yerda aniq va ravshan belgilarning yoʻqligida. Asosiy belgilar kasallik ancha rivojlanganidagina paydo boʻlishi mumkin. Lekin qonda prostata spetsifik antigenni aniqlash vaqtida diagnostika qilish imkonini beradi.
ЎҚИНГ: Jinsiy aloqa haqida erimda hattoki, tasavvur ham yo‘q!
Spermada qon baʼzan tibbiy muolajalar vaqtida mexanik taʼsir tufayli yoki travmadan keyin paydo boʻlishi mumkin.
Onkologik sabablar
Katta yoshdagi erkaklarda spermada qon boʻlishi prostata bezida yaxshi yoki yomon sifatli oʻsma borligi belgisi boʻlishi mumkin. Yillar davomida erkak organizmida prostata raki paydo boʻlishi mumki boʻlgan sabablar yigʻiladi. Agar yomon sifatli oʻsmani vaqtida aniqlanmasa oqibati ancha ayanchli boʻlishi mumkin. Diagnostika qiyinligi bu yerda aniq va ravshan belgilarning yoʻqligida. Asosiy belgilar kasallik ancha rivojlanganidagina paydo boʻlishi mumkin. Lekin qonda prostata spetsifik antigenni aniqlash vaqtida diagnostika qilish imkonini beradi.
Spermada qon baʼzan tibbiy muolajalar vaqtida mexanik taʼsir tufayli yoki travmadan keyin paydo boʻlishi mumkin.
Infeksion kasalliklar
Spermada qon boʻlishining yana bir sababi bu erkak tanosil aʼzolarida yashirin yalligʻlanish va infeksiyalar boʻlishidir. Masalan siydik yoʻli va moyak ortigʻi shamollashi uretrit va epididimit.
Uretrit belgilari:
umumiy behollik;
siyganda achishish;
siydik yoʻlidan yiring ajralishi.
Epididimit belgilari:
moyak ortigʻida yalligʻlanish;
umumiy behollik;
tez-tez siyish;
moyak shishinqiraganligi va ogʻriqliligi;
siydik yoʻlidan ajralma kelishi.
Erkak tanosil aʼzolarida qon aylanishida buzilish va dimlanish boʻlganda uzoq, shiddatli va tez-tez boʻladigan jinsiy aloqa boʻlishi ham spermada qon paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin.
Davolash
Albatta davo muolajalaridan avval aniq diagnostika qilish kerak. Spermada qon paydo boʻlishiga eng asosiy sababchi kasallikni davolanadi. Tekshirishi natijalariga asoslanib mos antibiotiklar bilan davolash shart.
Ekspert: Abdulhayev Fayzullo. Urolog, androlog, seksopatolog.