Olma dunyodagi eng ko‘p yetishtiriladigan meva hisoblanadi. Uning 7500 dan ortiq turi mavjud.
Olma bog‘lari Yerning deyarli besh milyon gektar hududini egallaydi. Mevali daraxtning har ikkitasidan birini olma tashkil qiladi.
O‘rtacha olmada 80 kaloriya bo‘ladi. Uning tarkibida yog‘, natriy va xolesterin yo‘q.
Olmani po‘sti bilan yegan ma’qul, chunki barcha foydali moddalar po‘st ostida yig‘iladi. Olma po‘chog‘ida ovqat hazm qilinishini yaxshilovchi sellyulozalar ko‘p.
Olma qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Yashil olma suyak va tishlarni mustahkamlashda, shuningdek, saratonning oldini olishda yaxshi foyda beradi.
Immunitetni ko‘tarish va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashda sariq rangdagi olmalar tavsiya etiladi.
Qizil olma xotira va yurak faoliyatini yaxshilaydi, ba’zi turdagi saraton kasalliklarining oldini oladi.
Arxeologlar olmaning 6500 yil oldin o‘stirilganini isbotlashgan.
80 ta rasmiy gerbga olma surati tushirilgan.
Pekinda o‘tkazilgan festivalda rekord narxdagi ulkan olma sotilgan. Uning og‘irligi 600 gramm bo‘lib, 69 ming yuan yoki 10,2 ming dollarga baholangan.
Shirin navli olmalarni gastrit va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchilar yehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi kerak. Ko‘p hollarda ularga olma yeyish tavsiya etilmaydi.
Kesilgan joyi darrov to‘q tusga kiruvchi olma eng yaxshi olma sanaladi.
Olma hajmi qancha kichkina bo‘lsa, tarkibida vitamin va elementlar shuncha ko‘p bo‘ladi.
Olma – tetiklashtiruvchi meva. Bir dona olma bir stakan kofening o‘rnini bosa oladi.