Soch parvarishining usullari


Sochingizni yirik tishli taroqda tarang. Fen, bigudi, qisqichlardan foydalanganda albatta ko’pik yoki losyon ishlating, ular soch tolalarini kuyishdan asraydi.

Sochlaringiz mustahkamligi uchun har kuni umumiy 400 gr. qora smarodina, qalamli petrushka, kabachki, tsitrus mevalar va bulg’or qalampiri iste’mol qiling. Oqsilga boy go’sht, yong’oq, pishloq, sut, tuxum va baliq taomnomangizdan qat’iy o’rin olishi kerak.

Shuningdek, soch tolalari pishiq bo’lishi uchun 1 osh qoshiq qorakunjut moyi, 1 choy qoshiq bug’doy yog’i va tuxum sarig’ini aralashtirib suv vannachasida qizdiring. Aralashmani sochga surtib, ustidan polietilen shapkacha kiyib sochiq bilan o’rang. Yarim soatdan so’ng iliq suv bilan chaying va xona haroratida quriting.

Haftada bir marta soch ildiziga aloe sharbatini ishqalab surting. Bu nafaqat sochga jilo baxsh etadi, balki, sochlarni o’stiradi ham.