O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagi tovarlar va transport vositalari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan bojxona boji bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2024-yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.
Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kiriladigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari;
nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari (TIF TN kodlari 8703 22 101 0, 8703 23 193 0, 8703 24 101 0, 8703 31 101 0, 8703 32 191 0, 8703 33 191 0);
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga ko‘ra tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallar (shu jumladan mebelь va inventarь);
ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan, yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan hamda haydovchidan tashqari 8 va undan ortiq o‘rindiqlarga ega bo‘lgan transport vositalari;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa tovarlar;
dor (osma) yo‘llari, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, funikulyorlar va boshqa o‘xshash ob’ektlar, «banji-jamping» va «ziplayn» attraktsionlari, boshqariladigan (dirijablь, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, «rafting» va «flaybording» uchun uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, «buggy car», faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (g‘ildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan «fudtrak» er usti transport vositalari, motorli qayiq va kvadrotsikllar.
G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun, agar ularning ishlab chiqarilganligiga 4 yildan ortiq bo‘lmasa hamda «Evro-5» va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos kelsa, 2024-yil 1 yanvarga qadar utilizatsiya yig‘imining nolь stavkasi qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagi tovarlar 2021-yil 1 oktyabrdan boshlab 2024-yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin:
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar;
taqiqlanmagan o‘yin avtomatlari (TIF TN kodi 9504 30 200 1, 9504 30 200 9), videoo‘yinlar uchun uskunalar (TIF TN kodi 9504 30 100 0), va bouling uchun avtomatik uskunalar (TIF TN kodi 9504 90 800 9);
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari.
3D kontentni namoyish qilish uchun ijro qilish serverlari, kinoekranlar, ob’ektivli, lampali, polyarizatsiya filьtrli raqamli proektorlar, akustika tizimlari va ekran orti karnaylari, professional passiv sabvufer, integratsiya qilingan media server, raqamli proektorlar uchun ksenon qisqa yoyli lampalar, ovozli protsessor, proektor uchun ob’ektiv, ekranlar uchun yorug‘lik uchlanishning ulьtra yorqin passiv 3D tizimi, 3D ko‘zoynaklarini olib kirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6202-son Farmoni doirasida bojxona boji stavkasining nolь stavkalari tatbiq etiladi.