Veterinariya pasporti — hayvonga berilgan identifikatsiya raqamiga muvofiq rasmiylashtirilgan, hayvon egasini belgilovchi, hayvonlarning kasalliklarga qarshi profilaktikasi va ularni davolash ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etib boriladigan, hayvonning yashash davri davomida saqlanadigan hujjat.
Vakolatli tashkilot:
tuman (shahar) veterinariya bo‘limlari
Taqdim etiladigan hujjatlar:
Ariza;
Egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
To‘lov: Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Muddat
hisobga qo‘yish – 3 kun ichida;
Pasportni rasmiylashtirish – 3 kun ichida.
Davlat xizmati ko‘rsatish natijasi: Individual raqam va veterinariya pasporti.