Shirin hayotni ko’rishni hoxlasangiz unda Lion shahriga borishingizga to’g’ri keladi. Bu yerda 9-11-noyabr kunlari Salon du Chokolat yarmarkasi bo’lib o’tadi. Birinchi shokolad yarmarkasi Lion shahrida o’tgan yili bo’lib o’tgan va katta muvaffaqiyatga erishgan. Bularni hisobga olgan tashkilotchilar shirinlikni xush ko’ruvchilarga sovg’a sifatida bayramni har yili o’tkazishga qaror qilishdi.Yarmarka qatnashchilari ichida Yevropaning 100 dan ortiq shokolad ustalari va ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bor. Yarmarka mehmonlari har kuni shef povar va konditerlarning tansiq noz-ne’matlarni tayyorlash jarayonlarini kuzatishlari mumkin. O’z ishining ustalari o’zlarining bilimlari, shirinlikni tayyorlash sirlari bilan o’rtoqlashadilar. Bundan tashqari, tadbir o’tkazilayotgan vaqtda pazandalik kurslari ishlab turadi va hamma xohlovchilar shokoladli shirinlikni tayyorlash usullarini o’rganishlari mumkin. Bolalar uchun alohida qandolatchilar xizmat qilishadi. Quvnoq o’yin formasida bolalarga shirinlikni tayyorlashga ijodiy yondashishni o’rgatadilar va bu haqiqiy san’at ekanligini tushuntiradilar. «Shokolad saloni” doirasida Chokolate Show fashion o’tkaziladi. Shokolad moda dunyosiga kirib bormoqda, modelerlar va pazandalarning birgalikdagi ijodi natijasida ajoyib shoh asar dunyoga kelmoqda. Shou faqatgina shirin bezaklar bilangina emas, asl illyuminasiyasi va yorqin mushaklari bilan ham esda qoladi.