O’qituvchilar kuni bayram sifatida Braziliyada 15-oktyabr kuni nishonlanadi. Bayram tarixi shunday: 1827-yil 15-oktyabr kuni imperator Pedro I hukmdorligida avliyo Tereza kuni birinchi marta boshlang’ich ta’lim haqidagi farmonga asosan, shahar, qishloq, aholi punktlari, maktablarida boshlang’ich ta’lim tashkil qilingan. Lekin 120 yil davomida ko’pgina qilinadigan ishlar qog’ozda qolib ketavergan. Ilk bor o’qituvchilar bayrami 1947 yil kichik maktabda San-Pauloda nishonlangan. Ilgari o’qish uzoq davom etgan, 1 iyundan to 15-dekabrgacha, oralig’ida 10 kun ta’til bo’lgan. Uzoq vaqt ta’tilsiz o’qish o’quvchilarni charchatib qo’ygan va bir necha o’qituvchilar fikri va takliflari bilan 1 kun dam olish kuniga ajratilgan. Professor Salomao Bekser 15-oktyabr kunini bayram qilishni taklif qilgan va o’qituvchi va o’quvchilar uylarida pishiriqlar pishirib, bayram kuni dasturxoni uyushtirishgan. 1963-yil davlat miqyosida 15-oktyabr bayram kuni deb e’lon qilingan. Dam olish kuni bo’lishiga qaramay, maktablarda o’quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan ustozlarni qutlaydilar. Zamonaviy o’qituvchilar bilan do’stona aloqada bo’lib, aqliy va jismoniy rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etadilar.