12-avgust (AY-BI-EM) firmasi shaxsiy kompyuter ishlab chiqara boshlagan kun
12-avgust (AY-BI-EM) firmasi shaxsiy kompyuter ishlab chiqara boshlagan kun
Kompyuter (ing. Comruter – hisoblayman) – oldindan berilgan dastur (programma) bo’yicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq Kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuterning bir necha avlodlarini ko’rsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur ta’minoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. 1981-yil 12-avgustda IBM (AY-BI-EM) firmasi shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarining ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan RS biriktirilgan kompyuterni Arrle firmasi esa Macintosh («Makintosh” ) yoki oddiygina «maki” deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. XXI asr boshlarida dunyoda o’nlab million shahsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM «shu jumladan, bir necha o’n super EHM bo’lgan. Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yo’lida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan o’zgartirishga kishlarning ishini onsonlashtirishga imkon beradi. Bugungi ko’nda dunyo aholisining ko’p qismi o’zini hayotini kompyutersiz ta’savvur qilolmaydi. Juda katta miqdordagi axborotni saqlaydigan va qidirib topa oladigan, shuningdek, ko’plab murakkab masalalarni tez yechadi. Kompyuterlardan banklar, do’konlar, korxona va ofislarda shuningdek xonadonlarda keng foydalaniladi. Kompyuter o’yinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud: Ular yordamida ko’p narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin.