29-iyul kuni butun jahonda xalqaro yo’lbars kuni nishonlanib kelinmoqda. Yovvoyi tabiatda 5 mingdan ortiq yo’lbarslar saqlanib qolingan. Ushbu bayram 2010-yilda aholini yovvoyi, xavfli hayvondan saqlash muammosi bo’yicha Sankt-Peterburgda xalqaro forum «Yo’lbars sammiti” da ro’yxatdan o’tgan. Ushbu sana tashabbuskorlari sifatida 13 ta davlat va forum ishtirokchilari qatnashdilar. Dastur davomida yo’lbarslarni ko’paytirish, 2010-2022-yillarni hisobga olgan holda, doimiy yo’lbarslar sonini yana 2 marttaga oshirish maqsad qilib olindi. Aytib o’tganimizdek, yovvoyi tabiatda 5 ming yo’lbars saqlanib qolingan, lekin ularning soni borgan sari kamayib bormoqda. Oxirgi yuz yillik hisobga qaraganda hayvonlarning soni 25 martaga kamaygan. Bugungi kunda yo’lbarslarning yo’qolish xavfi paydo bo’lmoqda. Ko’p hollarda ular ovchilarning o’ljalari bo’lib qolmoqdalar. Bu muammo albatta, butun jahon tabiatni muhofaza qilish hamjamiyati, shu bilan birga bizni ham havotirga solmoqda. Rossiyada esa aksincha yo’l-yo’l vaxshiy hayvonlarning soni ko’payib bormoqda. Shaharlardagi tabiatni muhofaza qilish zonalari qonun doirasida ish yuritmoqda. Misol qilib aytadigan bo’lsak, 2013-yil Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 2 ta qonunga qo’l qo’ydi, ya’ni yovvoyi, vahshiy hayvonlarni sotish va o’ldirishga qarshi sud ishi ko’rish, bundan tashqari ovchilarga qarshi kurashishni ham kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o’tdi.