Ramazon oyida iftorlikka tayyorlasa bo’ladigan yeguliklar

Gazeta.uz va pazandachilik sahifasi bo’lmish Zira.uz bilan birgalikda saharlikda tayyorlaniladigan yeguliklar jamlanmasini tavsiya qiladi.


Kartoshka va rediskali salat



Yangi kartoshka, rediska va marinadlangan bodringlardan tayyorlanilgan mazali salatni iftorlik dasturxoniga o’zgacha ko’rk beradi. Bu salatga yangi kartoshkalar o’zgacha ta’m bag’ishlaydi.


Tovuq va pishloqli salat



Yumshab pishgan tovuq va qarsildoq non bo’laklaridan tayyorlaniladigan bu salat juda to’yimli bo’lib, bemalol kechki taom o’rnini ham bosa oladi. Unga solinadigan pishloqni xohishga qarab to’g’rashingiz yoki qairg’ichdan chiqarib usdtiga sepishingiz ham mumkin.


Tovuq va qovoqchadan salat



Yengilgina, kechki ovqatni o’rnini bosuvchi, vitaminlar manbai sanaladigan bugungi salatimiz aynan sizlar uchun! Bu salat bizdan uncha ko’p bo’lmagan masalliqlarni talab qilib, tayyorlanishi ham juda osondir. Sabzavotlar chiqqan mavsumda ulardan to’yib iste’mol qilishga shoshiling.


Go’ja



Issiq kunlarda organizm yaxna taomlaru ichimliklarga muhtojlik sezadi, ayniqsa ro’za paytida. Bunday paytda go’ja taomi ayni muddao bo’ladi. Bu taomni tayyorlash uchun bir necha xil donlardan foydalanish mumkin, masalan: bug’doy va makkajo’xori, arpa yormasi va hattoki guruchdan ham. Ular barcha bozorlarda sotiladi.


Shovul sho’rva



Shovuldan pishirilgan mazali va birozgina nordon sho’rva ko’pchilikning sevimli taomi desak adashmaymiz. Bunday sho’rva organizmni kerakli vitaminlar bilan to’yintiradi. Bu taomni tayyorlash juda oson bo’lib, sizdan unchalik ko’p bo’lmagan masalliqlarni talab qiladi.


Lag’mon



Bu usulda tayyorlangan lag’mon juda mazali, xushbo’y va to’yimli chiqadi. Dam olish kunlari barcha a’zolari yig’ilishadi, aynan shu kuni lag’mon tayyorlang va hammani xursand qiling. Lag’mon cho’zishga juda ko’p vaqt talab qilinishi sababli ham, sotuvdagi tayyor, pishirilganidan olib ishlataveramiz.


Do’lma



Do’lma nafaqat mazali, balki juda foydali bo’lib, tok barglari ovqat hazm qilishni yaxshilab, organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonini normallashtiradi. Bu taom bila birga iste’mol qilish uchun esa smetana va sarimsqpiyozdan ajoyib qayla tayyorlashingiz mumkin.


Bundanda ko’proq mazali retseptlar Zira.uz sahifasida.