2020-2021 kirish imtihonlari 2 ta fandan bo’ladi

Ma’lumki, joriy yilda yurtimizga koronavirus infeksiyasi kirib keldi. Uning tarqalishining oldini olish,

fuqarolar salomatligini himoya qilish maqsadida mart oyidan boshlab, butun mamlakat bo‘yicha

vaqtincha karantin cheklovlari o‘rnatildi.

Davlat test markazi saytida 2020-2021 o’quv yilida o’tkaziladigan test sinovlari haqida ma’lumotlar

e’lon qilindi.

o’qishga qabul 2020

Koronavirus pandemiyasi sharoitidagi karantin abituriyentlarimizning o‘qishga kirish tayyorgarligiga

ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ana shunday cheklovlar davrida abituriyentlarimiz o‘zlari

xohlaganlaridek tayyorgarlik ko‘ra olmadilar. Bu nafaqat abituriyentlarga, balki o‘quvchi, talabalarga

ham tegishli holat. Ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limga o‘tildi, joriy imtihonlar, bitiruv ishlarini

himoyasi ham masofadan amalga oshiriladigan bo‘lib turibdi. Bunaqa paytda ularga yordam berish,

yengilliklar yaratish, faqat bitiruvchilar uchun emas, balki abituriyentlar uchun ham foydalidir.

Bu yil abituriyentlarning uyidan chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tishini tashkil etish, test topshiriqlarini

soddalashtirish, kirish test sinovlarini sodda shaklda va qisqa vaqt ichida o‘tkazish kabi yengilliklar

yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Albatta, bu ishlarimiz oliy ta’limning sifatiga salbiy ta’sir

ko‘rsatmasligi lozim.

Ushbu 2 ta mutaxassislik fanlari 2019-yil dekabr oyida belgilangan tartibda tasdiqlanib, keng

jamoatchilikka e’lon qilingan edi.

Alohida ta’kidlash kerakki, infeksiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda abituriyentlarning 1000

o‘rinlik binolarda 3-4 soat qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bu

bejizga emas, albatta. Shuning uchun ham mazkur o‘quv yilida test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda

ko‘pi bilan 700 tagacha o‘rin tayyorlanadi, har bir abituriyent uchun kamida 3 kv.m joy ajratiladi,

sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ularda niqob, qo‘lqop bilan testda ishtirok etishi ta’minlanadi.

Abituriyentning tana harorati o‘lchangach, binoga kiritiladi. Binolar kamida 4 marotaba dezinfeksiya

qilinadi. Bularning bari test topshiruvchilar, guruh nazoratchilari va jarayonga jalb etilgan boshqa

shaxslarning salomatligini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.

Qayd etilgan ushbu jarayon ham karantin cheklovlari butunlay olib tashlangandan so‘ng amalga

oshiriladi.

Amalga oshiriladigan ishlar va jarayonlar bo‘yicha keng jamoatchilikka ma’lumot berib borilmoqda.

Keyingi o‘quv yilidan boshlab, hamma jarayon belgilangan tartib-qoidalar asosida bo‘lishini takroran

eslatib o‘tamiz