Er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda da’vo muddati.
Savol: Er-xotin 5 yil oldin ajrashgan. Sobiq xotin 5 yil o‘tgach, nikoh paytida birgalikda sotib olingan mulkni bo‘lish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Sud da’voni rad etdi. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Javob: Oila kodeksining 27-moddasiga ko‘ra, nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi talablariga nisbatan 3 yillik da’vo muddati qo‘llanilishi belgilangan.
✅ Yuqoridagi asosga ko‘ra, sud tomonidan da’voning rad etilishi qonuniy hisoblanadi.