MАKTАBLАRINING 5-11 SINF O‘QUVCHILАRI UCHUN BOSQICHLI
IMTIHON O‘TKAZISH BO‘YICHA AYRIM FANLARDAN METODIK
TAVSIYA VA MАTЕRIАLLАR
Xalq taʼlimi vazirini 2020-yil 3-martdagi № 60-sonli buyrugʻiga asosan 2019-2020 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarida bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlarning roʻyxati va imtihon oʻtkazish shaklllari:
bosqichli nazorat ikkita oʻquv fanidan oʻtkaziladi.
* mazkur fandan imtihon oʻquvchilarning koʻpchilik ovozi bilan bosqichli nazorat oʻtkazilishidan bir oy oldin tanlanadi. Bu haqda har bir sinf uchun tanlangan oʻquv fanidan bosqichli nazorat oʻtkazish haqida umumiy oʻrta taʼlim muassasasi Pedagogik kengashi qarori qabul qiladi.
** 11-sinfda tanlov (variativ) fanlaridan biri o’quvchilarning ixtiyoriy tanlovi asosida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishidan bir oy oldin tanlanadi. Bu haqda har bir sinf uchun tanlangan oʻquv fanidan bosqichli nazorat oʻtkazish haqida umumiy oʻrta taʼlim muassasasi Pedagogik kengashi qarori qabul qiladi.
9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 4-11-may, Ona tili va adabiyoti fanidan — 26-may, Matematika fanidan — 29-may kunlari bitiruv imtixonlari o’tkaziladi.
11-sinflar uchun Ona tili va adabiyoti fanidan — 27-may, Matematika fanidan — 30-may kunlari bitiruv imtixonlari o’tkaziladi.