5-9 Sinflar Texnologiya fanidan taqvimiy mavzu reja
18-§. Технология фани
Умумий ўрта таълим муассасаларида технология ўқув фанини ўрганиш босқичлари
Таълим босқичи | Битирувчилар | Стандарт даражалари | Даража номланиши |
Умумий ўрта таълим | Умумий ўрта таълим мактабларининг бошланғич 4-синф битирувчилари | А1 | Технология фанини ўрганишнинг бошланғич даражаси |
Умумий ўрта таълим мактабларининг технология ўқув фани чуқур ўрганиладиган синфлар ва ихтисослаштирилган мактабларнинг 4-синф битирувчилари | А1+ | Технология фанини ўрганишнинг кучайтирилган бошланғич даражаси | |
Умумий ўрта таълим мактабларининг 9-синф битирувчилари | А2 | Технология фанини ўрганишнинг таянч даражаси | |
Умумий ўрта таълим мактабларининг технология ўқув фани чуқур ўрганиладиган синфлар ва ихтисослаштирилган мактабларнинг 9-синф битирувчилари | А2+ | Технология фанини ўрганишнинг кучайтирилган таянч даражаси |
Умумий ўрта таълим муассасаларида технология ўқув фанининг мақсад ва вазифалари
Умумий ўрта таълим муассасаларида технология ўқув фанини ўқитишнинг асосий мақсади:
ўқувчиларда техник-технологик ҳамда технологик жараён давомида бажариладиган операциялар юзасидан олган билим, кўникма ва малакаларини мустақил амалий фаолиятида қўллаш, касб-ҳунар танлаш, миллий ва умуминсоний қадриятлар асосида ижтимоий муносабатларга кириша олиш компетенцияларини шакллантиришдан иборат.
Умумий ўрта таълим муассасаларида технология ўқув фанини ўқитишнинг асосий вазифалари:
материаллар ва уларнинг хоссалари, хусусиятлари ҳамда техник объект ва технологик жараёнларга оид маълумотларни ўрганиш;
техник объект ҳамда технологик жараёнларда махсус ва умуммеҳнат операцияларини билиш;
технологик жараёнларни бошқара олиш ҳамда махсус ва умуммеҳнат операцияларини амалиётда қўллай олиш;
техник ва креактив фикрлашни, интеллектуал қобилиятларини шакллантириш;
технологик жараён ва тайёрланган маҳсулотларни бажариш кетма-кетлиги ҳамда маҳсулот сифатини таҳлил қилиш;
буюм ва жараёнларни бажаришга оид хулосалар чиқариш ҳамда меҳнат операцияларини, маҳсулот сифатини баҳолаш;
онгли равишда касб танлашга тайёрлаш ишларини амалга оширишда таянч ва технология фанига оид компетенцияларни шакллантириш ҳамда ривожлантиришдан иборат.
Технология ўқув фани бўйича умумий ўрта таълим муассасалари битирувчиларига қўйиладиган малака талаблари
Буюм ва маҳсулот турларини, уларни тайёрлаш ва ишлов бериш усулларини билиш, технологик лойиҳалаш ҳамда амалга ошириш компетенцияси
А2
Табиий ва турли материалларнинг хусусиятларини тавсифлайди ва фарқлай олади;
материалларни саралай олади;
буюм ва маҳсулотларни технологик лойиҳалай олади;
материалларга иссиқ ва совуқ ишлов бериш усулларини бажара олади;
деталларни бир-бирига ёпиштиришда махсус елимлардан фойдалана олади;
буюмларни конструкциялаш ва моделлаштириш ишларини бажара олади;
техник объектларни билади ва технологик жараёнларни қўллай олади;
кичик ҳажмдаги содда буюмларни тикади ва тўқий олади;
ҳаракатланувчи моделларни ясай олади;
асбоб-ускуналарни сақлаш ва таъмирлаш ишларини бажара олади;
халқ ҳунармандчилиги турлари бўйича буюмларни лойиҳалай олади;
электротехника, автоматика ва робототехника турларини тавсифлай олади;
содда электротехника ишларини бажара олади;
техника ва технологияларнинг иқтисодиёт тармоқларини ривожлантиришдаги аҳамиятини билади;
саноат соҳалари бўйича таянч билимларга эга бўлади;
замонавий бозор муносабатларига мослашади ҳамда фаолият юрита олади;
турли материалларга ишлов беришда, асбоб-ускуна, мослама, механизм, машиналарда техника хавфсизлиги қоидалари ва санитария-гигиена талабларига риоя қилган ҳолда ишлай олади.
Психомотор, функционал, ҳамда амалий фаолият турларини бажаришдаги операцион компетенция
А2
Ҳозиржавоблик, ишчанлик, фаоллик ва муомала маданиятига амал қила олади;
ўқув-амалий топшириқларни тизимли, тартиб-интизом асосида бажара олади;
мустақил ишлашга ижодий ёндашиб, креатив фикрлай олади;
Тўғри ва онгли касб танлаш, ижтимоий муносабатларга кириша олиш компетенцияси
А2
Касбларда меҳнат турларини (одам-одам, одам-техника, одам-табиат, одам-белгили тизим, одам-бадиий образни) таърифлай олади;
ҳудудда жойлашган ўрта махсус, касб-ҳунар таълим муассасалари ва уларнинг йўналишлари, жойлашувини билади, таҳлил қила олади;
келгуси таълим йўналишини (академик лицей ёки касб-ҳунар коллежини) онгли ва мустақил равишда танлай олади;
касб-ҳунар турларининг инсон саломатлигига қўядиган талабларини ва ўз имкониятларини психологик ва физиологик жиҳатдан баҳолай олади.
2017-2018 o’quv yili texnologiya fanidan
Yillik ish rejasi
T.r. | Mavzular | Soat | Sana | Uyga vazifa | |||
5-sinf (haftasiga 2 soat, jami 68 soat, har bir yo‘nalish uchun | |||||||
SERVIS XIZMATI YO‘NALIShI (68 soat) Pazandachilik asoslari (16 soat) Umumiy tushunchalar (2 soat) | |||||||
1—2 | Pazandachilik o‘quv xonasi. Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson organizmi uchun ahamiyati. Pazandachilik o‘quv xonasidagi jihozlar bilan tanishish. | 2 | |||||
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat) | |||||||
3-4 | Sanitariya va gigiyena haqida tushuncha. Oshxonada sanitariya-gigiyena talablari. Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish. Sabzavotlarni saralash, yuvish, to‘g‘rash. To‘g‘rash usullari. (somoncha, kubik, xalqasimon va boshqalar). Salat tayyorlash, dasturxonga tortish. Ovqatlanishga qo‘yiladigan gigiyena talablari. | 2 | |||||
Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish (3 soat) | |||||||
5-6 | Oshxona buyum va jihozlari haqida tushuncha. Plitaning tuzilishi va foydalanish qoidalari. Sabzavotlarni pishirish usullari. | 2 | |||||
7-8 | Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash texnologiyasi. | 2 | |||||
9 | Nazorat ishi. | 1 | |||||
Taomlar tayyorlash texnologiyasi (9 soat) | |||||||
10-11 | Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari. Qaynatish, qovurish. | 2 | |||||
12-13 | Ochiq, yopiq va gazak uchun buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish. | 2 | |||||
14 | Issiq ichimlik va shifobaxsh damlamalarni tayyorlash texnologiyasi. | 1 | |||||
15 | Nazorat ishi | 1 | |||||
16-17 | Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash, dasturxonga tortish tartibi. | 2 | |||||
18-19 | Quymoq tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish. Ertalabki nonushta uchun dasturxon bezash. | 2 | |||||
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (42 soat) Umumiy tushunchalar (4 soat) | |||||||
20-21 | Tikuvchilik o‘quv xonasi. Tabiiy tolalarning olinishi va ularning xususiyatlari. Sarja (polotno) to‘qish. | 2 | |||||
22-23 | Gazlamaning o‘ng va teskari tomonlarini, bo‘ylama va ko‘ndalang iplarini aniqlash. | 2 | |||||
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat) | |||||||
24-25 | Qo‘l ishlari haqida umumiy ma’lumot. Qo‘l choklaridan foydalanib, qo‘lqopli ushlagichni bichish, tikish va bezash. | 2 | |||||
26-27 | Dazmol bilan ishlash qoidalari, dazmollash usullari. | 2 | |||||
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat) | |||||||
28-29 | Qo‘l yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi. Tikuv mashinasini tozalash va moylash. | 2 | |||||
30-31 | Tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Ipsiz tikish. | 2 | |||||
32 | Nazorat ishi | 1 | |||||
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (30 soat) | |||||||
33-34 | Bichish va tikish haqida ma’lumot. Gavdadan o‘lchov olish. | 2 | |||||
35-36 | Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha (ro‘mol) asos chizmasini chizish. Modellashtirish. | 2 | |||||
37-38 | Fartuk va bog‘ichli qalpoqchani (ro‘mol) andazasini tayyorlash | 2 | |||||
39 | Nazorat ishi | 1 | |||||
40-41 | Fartuk va bog‘ichli qalpoqchani (ro‘mol) bichish va tikish. | 2 | |||||
42-43 | Bog‘ich, belbog‘ va qoplama cho‘ntakni tikish. | 2 | |||||
44-45 | Fartuk qismlarini birlashtirish, oxirgi ishlov berish. | 2 | |||||
46 | Nazorat ishi | 1 | |||||
47-48 | Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar. Naqsh elementlarini chizish. Kashtachilik ranglari va tikiladigan kashta uchun rang tanlash. | 2 | |||||
49-50 | Yostiq jildini bichish va bezak nusxasini tushirish | 2 | |||||
51-52 | Yostiq jildiga naqshlarini krest chokida tikish. | 2 | |||||
53 | Nazorat ishi | 1 | |||||
54-55 | Yostiq jildi qismlarini birlashtirish va oxirgi ishlov berish. | 2 | |||||
56-57 | Milliy o‘yinchoq (qo‘g‘irchoq) turlari, qo‘g‘irchoq andazasini tayyorlash va bichish. | 2 | |||||
58-59 | Tana bo‘laklarini birlashtirish. Qo‘g‘irchoqni sochini tikish, yuziga ishlov berish. | 2 | |||||
60 | Nazorat ishi | 1 | |||||
61-62 | Qo‘g‘irchoq ko‘ylak va lozimini tikish. | 2 | |||||
63-64 | To‘qishning murakkab usullari. Bezak (pampon, kist) namunalarini to‘qish. | 2 | |||||
65-66 | Bolalar shapkasini to‘qish va bezash. | 2 | |||||
6-SINF (haftasiga 2 soat, jami 68 soat (har bir yo‘nalish uchun)) | |||||||
SERVIS XIZMATI YO‘NALISHI (68 soat) Pazandachilik asoslari (16 soat) Umumiy tushunchalar (2 soat) | |||||||
T/r | Mavzu nomi | Soat | Sana | Uyga vazifa
| |||
1-2 | Pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati. Guruch pishirish texnologiyasi. | 2 | |||||
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat) | |||||||
3-4 | Oshxonada qo‘llaniladigan idishlardan foydalanish va saqlash. Qatlama tayyorlash texnologiyasi | 2 | |||||
Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat) | |||||||
5-6 | Pazandachilikda ishlatiladigan sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto‘lqinli elektrpechlarning tuzilishi va ahamiyati, foydalanish texnologiyasi. Elektr asboblari favqulodda vaziyat manbai. Pechenie pishirish. | 2 | |||||
7-8 | Qandolatchilikda ishlatiladigan texnologik jihozlarning turlari, tuzilishi va foydalanish qoidalari. Elektr asboblar bilan ishlash xavfsizligi. | 2 | |||||
9 | Nazorat ishi Tvorogli pirog pishirish. | 1 | |||||
Taomlar tayyorlash texnologiyasi (8 soat) | |||||||
10-11 | Sut va sut mahsulot turlari, sifatiga bo‘lgan talablar, saqlanishi va muddati. Shirguruch pishirish va dasturxonga tortish qoidalari. | 2 | |||||
12-13 | Xamir turlari va uni tayyorlash texnologiyasi. Lochira pishirish texnologiyasi. | 2 | |||||
14-15 | O‘zbek milliy suyuq taomlarini tayyorlash texnologiyasi. Mastava pishirish texnologiyasi. | 2 | |||||
16 | Nazorat ishi Parxez taomlar tayyorlash texnologiyasi. Parxez taomlar tayyorlash. | 1 | |||||
17-18 | Dasturxon, sochiq turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvish. Oila gigiyenasi – oila madaniyati. Tushlik uchun dasturxon tuzash. | 2 | |||||
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (42 soat) Umumiy tushunchalar (4 soat) | |||||||
19-20 | Jun va ipak tolali gazlamalar, ularning olinishi. Jun va ipak tolalarning xossalari. Jun va ipak tolali gazlama xossalarini aniqlash. | 2 | |||||
21-22 | Gazlamalarning to‘qilish turlari. Atlas va satin to‘qish. | 2 | |||||
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (3 soat) | |||||||
21 | Furnitura va uning turlari haqida ma’lumot. Tugma, halqa tikish. | 1 | |||||
22 | Nazorat ishi | 1 | |||||
23-24 | Ilgak, halqa tikish. Tugmacha va piston qadash texnologiyasi. | 2 | |||||
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (3 soat) | |||||||
25 | Oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlash prinsipi. Oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishlashga tayyorlash. | 1 | |||||
26 | Nazorat ishi | 1 | |||||
27-28 | Tikuv mashinasida ishlatiladigan kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanish. Ichki kiyim choklaridan namunalar tikish. | 2 | |||||
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (32 soat) | |||||||
29-30 | Beldan kiyiladigan kiyim turlari. Yubkalar. O‘lchov olish. | 2 | |||||
31-32 | Yubka chizmasini chizish. Yubka eskizini chizish va modellashtirish. | 2 | |||||
33-34 | Yubka andazasini tayyorlash va bichish. Gazlama ustiga andazani joylashtirish, gazlamani bichishga tayyorlash va bichish | 2 | |||||
35-36 | Birinchi kiydirib ko‘rish. Kiydirib ko‘rishdan so‘ng kamchiliklarni tuzatish. Yubkani tikish. | 2 | |||||
37-38 | “Molniya” taqilmasini tikish. | 2 | |||||
39 | Nazorat ishi | 1 | |||||
40-41 | Yubkaning bel va etak qismlariga ishlov berish. Yubkani bezash va oxirgi ishlov berish. | 2 | |||||
42-43 | Zardo‘zlik san’ati. Zardo‘zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Zardo‘zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. | 2 | |||||
44-45 | Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish. | 2 | |||||
46-47 | Zar ipni o‘rash. Zamindo‘zi yoki guldo‘zi usulida tikish. (zamindo‘zi yoki guldo‘zi usulida tikishni o‘rgatish) | 2 | |||||
48-49 | Choynak yopqichining gulnaqshini zar ipdan tikish. | 2 | |||||
50 | Nazorat ishi Tikilgan mahsulotga astar tikish. | 1 | |||||
51 | Buyumga oxirgi ishlov berish. | 1 | |||||
52-53 | Nozmunchoq. Nozmunchoq to‘qish uchun zaruriy xomashyo va moslamalar. Nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllar to‘qish. | 2 | |||||
54-55 | Bosh kiyim turlari. Do‘ppi tikish uchun o‘lchov olish, andaza tayyorlash. Do‘ppini bichish. | 2 | |||||
56-57 | Do‘ppi bo‘laklariga ishlov berish, bezash, ishni yakunlash. | 2 | |||||
58-59 | Sumka turlari. Sumkaga andaza tayyorlash va bichish. Andaza tayyorlash, zaruriy gazlama iplar tanlash, sumkachani bichish. Sumkachaga tanlangan naqsh elementlarini biser, piston yordamida tikish. Charmdan, gazlamadan bezak tayyorlash turlari | 2 | |||||
60-61 | Sumkani tikish va bezash. Soch bezaklari va uni tayyorlash texnologiyasi. | 2 | |||||
62 | Nazorat ishi | 1 | |||||
63-64 | Soch bezaklari va uni tayyorlash texnologiyasi. Soch bezak turlaridan namunalar tayyorlash. (soch yig‘ish uchun maxsus moslamalar, soch to‘g‘nog‘ich) | 2 | |||||
Ro‘zg‘orshunoslik asoslari (2 soat) | |||||||
65-66 | Mebellarni tozalash va saqlash qoidalari. Maishiy kimyoviy vosita turlari va ulardan foydalanish qoidalari. | 2 | |||||
7-SINF (haftasiga 2 soat, jami 68 soat (har bir yo‘nalish uchun) | |||||||
SERVIS XIZMATI YO‘NALISHI Pazandachilik asoslari (16 soat) Umumiy tushunchalar (2 soat) | |||||||
T/r | Mavzu nomi | Soat | |||||
1-2 | Go‘sht (mol, qo‘y, tovuq) va baliq mahsulotlarning ozuqaviy qiymati, ahamiyati, turlari, ularning sifatiga bo‘lgan talablar. Go‘sht yoki baliqni (tozalash) va bo‘laklarga bo‘lish tartibi. Ekstrogenital kasalliklar haqida tushuncha | 2 | |||||
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat) | |||||||
3-4 | Go‘shtdan tayyorlanadigan yarimfabrikatlar, ulardan foydalanish va saqlanishiga qo‘yiladigan talablar. Bifshteks yoki tovuqdan taom tayyorlash texnologiyasi. | 2 | |||||
Pazandachilikda ishlatiladigan jihozlar va ulardan foydalanish (3 soat) | |||||||
5-6 | Elektr go‘shtqiymalagichning tuzilishi, vazifalari, ishlash prinsipi. Go‘sht yoki baliqdan kotlet tayyorlash. Elektr go‘sht maydalagichdan foydalanishda xavfsizlik texnik qoidalari. | 1 | |||||
7 | Nazorat ishi | 1 | |||||
8 | Sabzavot va mevalarni konservalash. Vitaminlar va mikroelementlar. | 1 | |||||
Taomlar tayyorlash texnologiyasi (9 soat) | |||||||
9 | Chak-chak tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish tartibi | 1 | |||||
10-11 | Biskvit xamirini tayyorlash texnologiyasi va bezash. | 2 | |||||
12-13 | Palov tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish. | 2 | |||||
14-15 | Karam va uzum bargidan do‘lma tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish.
| 2 | |||||
16 | Nazorat ishi | 1 | |||||
17-18 | Mayda to‘g‘ralgan go‘shtdan “Gulyash” yoki “Bistrogin” tayyorlash texnologiyasi, dasturxonga tortish. | 2 | |||||
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (40 soat) Umumiy tushunchalar (4 soat) | |||||||
19-20 | Kimyoviy tolalarning olinishi. Kimyoviy tolalarning xossalari. | 2 | |||||
21-22 | Kimyoviy tolali gazlamalar. Kimyoviy tolali gazlamalardan savatda “Kuzgi gullar” kompozitsiyasini tayyorlash. | 2 | |||||
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat) | |||||||
23-24 | Kiyim haqida umumiy ma’lumot. Tikiladigan kiyim uchun gazlama va fason tanlash. To‘y va bayram kechalari uchun liboslar ansamblini yaratish. | 2 | |||||
25-26 | Qo‘lda bajariladigan ishlarning texnik shartlari. Merejka usulida tikish. | 2 | |||||
27 | Nazorat ishi | 1 | |||||
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat) | |||||||
28-29 | Elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlatilishi. Maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalari. Parallel zig-zag, mayda va yirik bahya qator tikish. | 2 | |||||
30 | Nazorat ishi | 1 | |||||
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (34 soat) | |||||||
31-32 | Dizayner-modeler kasbi to‘g‘risida tushuncha berish. Bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar eskizini yaratish. | 2 | |||||
33-34 | Kiyim turlari asosida yangi modellar yaratish. Milliy liboslarda ko‘ylak va uning turlari haqida ma’lumot. | 2 | |||||
35-36 | Hisoblash formulasi. Gavdadan o‘lchov olish va yozish. | 2 | |||||
37-38 | Ko‘ylak old asos to‘r chizmasini chizish. | 2 | |||||
39-40 | Ko‘ylak orqa asos to‘r chizmasini chizish. | 2 | |||||
41 | Nazorat ishi Ko‘ylak bo‘yni o‘mizini modellashtirish. | 1 | |||||
42-43 | Andaza tayyorlash. Andazani gazlamaga joylashtirish va qancha gazlama ketishini hisoblash. Gazlamani bichishga tayyorlash va bichish. | 2 | |||||
44-45 | Ko‘ylakning bichiq bo‘laklariga ishlov berish. Birinchi kiydirib ko‘rish. | 2 | |||||
46-47 | Bo‘yin, yeng o‘mizlariga ishlov berish. | 2 | |||||
48 | Nazorat ishi Ko‘ylak etagini tikish. Ko‘ylakka oxirgi ishlov berish. | 1 | |||||
49-50 | Xalq hunarmandchiligida “Quroqchilik” san’ati. Tikiladigan “Quroq” buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlash. | 2 | |||||
51-52 | Quroqning “Tegirmon” usulidan foydalanib, yostiqni bichish va tikish. | 2 | |||||
53-54 | Qo‘g‘irchoq yoki qovoq shaklida choynak yopqich bichish va tikish. | 2 | |||||
55-56 | .Buyumga astar tikish va qavish. Tayyorlangan mahsulotga oxirgi ishlov berish. | 2 | |||||
57 | Nazorat ishi | 1 | |||||
58-59 | Gazlama va sun’iy charmlardan quroqning “Yo‘l-yo‘l” usulidan foydalanib, sumkani bichish texnologiyasi. | 2 | |||||
60-61 | Gazlama va sun’iy charmlardan quroqning “Yo‘l-yo‘l” usulidan foydalanib, sumkani tikish texnologiyasi. | 2 | |||||
62-63 | Dasturxon va sochiqlar. Dasturxon va sochiqlarni tikish texnologiyasi. | 2 | |||||
64 | Nazorat ishi | 1 | |||||
65 | Dasturxon va sochiqlarni bichish va tikish. | 1 | |||||
Ro‘zg‘orshunoslik asoslari (4 soat) | |||||||
66-67 | Foydalanishga yaroqsiz buyumlardan kichik hajmdagi buyumlar tikish. Shimdan kichik hajmdagi shortik tikish, kuylakdan kichik hajmdagi yubka yoki kuylak tayyorlash. | 2 | |||||
68-69 | Foydalanishga yaroqsiz buyumlardan kichik hajmdagi buyumlar tikish texnologiyasi. (eskiz chizish, texnologik xaritasini tayyorlash, buyumdagi nuqsonlarni aniqlash, gazlama tayyorlash, bichish, tikish) | 2 | |||||
8-SINF (haftasiga 1 soat jami 34 soat (har bir yo‘nalish uchun)) | |||||||
SERVIS XIZMATI YO‘NALISHI Xalq hunarmandchiligi asoslari | |||||||
T/r | Mavzu nomi | Soat | |||||
1 | O‘zbek xalq hunarmandchiligining tarixi, rivojlanishi va istiqbollari. (o‘zbek xalq hunarmandchiligiga asos solgan hunarmand ustalar, xalq hunarmandchiligining turlari, ish usullari, “Hunarmand” uyushmasi va uning istiqbollari, hunarmandlar tayyorlagan buyumlar, xalq hunarmandchiligi bo‘yicha turli ko‘rgazma va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish shartlari) | 1 | |||||
2 | Mahsulot ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar. (jarayonda ishlatiladigan xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlash, tayyorlash, ularning holatini, xossalari va shaklini o‘zgartirish usullari mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish: materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, payvandlash orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar) | 1 | |||||
3 | Texnika va texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyati. | 1 | |||||
4 | Sun’iy gullardan namunalar tayyorlash. (kaprondan, qog‘oz, ip, konfet, gazlama, lenta) | 1 | |||||
5 | Sun’iy gullardan guldasta tayyorlash. (tayyorlangan gullardan kompozitsiya yaratish) | 1 | |||||
6 | Izonit usulidan namunalar tikish | 1 | |||||
7 | Izonoitdan pano tikish. | 1 | |||||
8 | Nazorat ishi | 1 | |||||
9 | Yaxlit bichiqli bluzkani bichish va tikish. (o‘lchov olish, eskiz chizish, modellashtirish, andaza tayyorlash, bichish va tikish, bezash) | 1 | |||||
Ro‘zg‘orshunoslik asoslari (9 soat) | |||||||
10 | Maishiy kimyoviy vositalardan foydalanib, oshxona, hammom, hojatxonalarni tozalash qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari. | 1 | |||||
11 | Kiyimlarni dazmollash (shim, palto) qoidalari. | 1 | |||||
12 | Landshaft texnologiyasi. “Mening orzuimdagi bog‘” mavzusida landshaft yaratish. | 1 | |||||
13 | Vitaminlarga boy sabzavotlardan to‘yimli salatlar tayyorlash texnologiyasi. (karam, sabzi, turp, lavlagi, baklajon) | 1 | |||||
14 | Ugra kesish texnologiyasi. Ugradan taom tayyorlash | 1 | |||||
15 | Lag‘mon cho‘zish texnologiyasi. Qovurma lag‘mon tayyorlash. | 1 | |||||
16 | Nazorat ishi | 1 | |||||
17 | “Zebra” pirogini tayyorlash texnologiyasi. | 1 | |||||
18 | Burmali yostiq tikish texnologiyasi | 1 | |||||
Kasb tanlashga yo‘naltirish (13 soat) | |||||||
19 | Texnologiya fan mazmunini kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari bilan uzviyligi. (amaliy mashg‘ulot jarayonida yasalgan buyumni qaysi kasb-hunar turiga taalluqligi haqida ma’lumot beriladi) | 1 | |||||
20-21 | Kasblar tasnifini, kasb tiplari va turlarining ta’rifi. (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) | 2 | |||||
22 | Kasblarning guruhlari, turkumlari va xususiyatlari. | 1 | |||||
23 | Nazorat ishi | ||||||
24 | Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo‘yilgan talablar, inson salomatligiga mos keluvchi kasb-hunar egallash yo‘llari, kasbga yaroqlilik, yaroqsizlik, mos kelish, havas. | 1 | |||||
25 | O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi. (O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi ta’lim turlari va ularning uzviyligi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo‘nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlari) | 1 | |||||
26 | O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimi. (oila, maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari faoliyati haqida) | 1 | |||||
27 | Kasblar tasniflagichi. (klassifikator) (o‘z qobiliyatigi mos keluvchi kasblar) | 1 | |||||
28 | Tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishidagi kasblar. (tabiat va texnika yo‘nalishiga kiruvchi kasblar haqida ma’lumot) | 1 | |||||
29 | Ijtimoiy fanlar yo‘nalishidagi kasblar. (ijtimoiy sohalarga oid kasblar haqida ma’lumot) | 1 | |||||
30 | Filologiya fanlar yo‘nalishidagi kasblar. (musiqa olami, tasviriy san’at va amaliy san’at sohalarga oid kasblar haqida ma’lumot) | 1 | |||||
31 | Amaliy fanlar yo‘nalishidagi kasblar. (musiqa olami, tasviriy san’at va amaliy san’at sohalarga oid kasblar haqida ma’lumot) | 1 | |||||
32 | Nazorat ishi Turli sohalarga oid kasblar ro‘yxatini tuzish. | 1 | |||||
33 | Tanlangan kasb-hunar turini egallashda inson salomatliga qo‘yilgan talablar haqida referat tayyorlash. | 1 | |||||
| |||||||
9-SINF (haftasiga 1 soatdan 34 soat (har bir yo‘nalishlar bo‘yicha)) | |||||||
SERVIS XIZMATI YO‘NALIShI Kasb tanlashga yo‘naltirish (14 soat) | |||||||
T/r | Mavzu nomi | Soat | |||||
1 | .Kasb tushunchasining ta’rifi. Kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va istiqboli. | 1 | |||||
2 | Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik, qobiliyat va o‘quvchining imkoniyatlari. O‘smir va muomala psixologiyasi. | 1 | |||||
3 | Kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullari. | 1 | |||||
4 | Qiziqish va qobiliyatni aniqlash usullari. | 1 | |||||
5 | Kasb tanlashga qo‘yiladigan talablar. Kasbiy o‘zgaruvchanlik va tanlov tushunchasi. ( | 1 | |||||
6 | Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar, kasblarning murakkablik omillari. | 1 | |||||
7 | Kasb tushunchasi, kasbiy qiziqish, moyillik, qobiliyat, yaroqlilik va o‘quvchining imkoniyatlari. | 1 | |||||
8 | Nazorat ishi | 1 | |||||
9 | Kasb tanlash varaqasi. (o‘quvchining f.i.sh, tug‘ilgan yili, sinfi, manzili, ota-onasi to‘g‘risida ma’lumotlar, oiladagi bolalar soni, o‘quvchining shug‘ullanishi uchun uyda sharoit yaratilganligi, salomatligi, kasb tanlash xususida shifokor bilan maslahatlashilganligi, fanlarga qiziqishi, qobiliyati, oilaviy ishlarni bajarishda mustaqil fikrlashi, uy topshiriqlarini qanday bajaradi, farzandingiz kelgusida kim bo‘lmoqchi, siz kaysi kasbni egallashni xohlaysiz?, farzandingiz va sizning fikringiz mosmi?, Farzandingiz sizning kasb faoliyatingizga qiziqadimi, farzandingizning akademik litseyda o‘kishini davom ettirishini xohlaysizmi, farzandingizning kasb-hunar kollejida o‘qishini xohlaysizmi sizningcha u tanlagan kasbi bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lib etisha oladimi, qo‘shimcha fikrlaringiz) | 1 | |||||
10 | Kasb professiogrammasi haqida tushuncha. (Professiogrammaga ta’rif, uning sxemasi, kasbning sog‘liqqa to‘g‘ri kelmasligi haqida tibbiy xulosasi; shaxsning irodaviy, ishchanlik va boshqa fazilatlariga qo‘yiladigan talablar; kasbning shaxsga: uning umumiy madaniyat darajasining shakllanishiga, aqliy qobiliyatlarini rivojlanishiga, xarakteriga va shu kabi sifatlariga ko‘rsatadigan ta’siri. | 1 | |||||
11 | Kasb tarbiyasi, kasbiy burch, kasb sha’ni, kasb ma’suliyati va kasb etikasi. | ||||||
12 | Tanlangan kasb-hunarga doir ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish. | 1 | |||||
13 | Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash. Kasbga tanlashga yo‘llashda mahalla, oila va maktab hamkorligi. | 1 | |||||
14 | Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo‘yicha amaliy mashqlar bajarish. | 1 | |||||
15 | Nazorat ishi | 1 | |||||
16 | Men tanlagan kasbni egallashda kelgusidagi rejalarim” (Farovon hayot yo‘lida) mavzusida ijodiy ish taqdimoti | 1 | |||||
Ro‘zg‘orshunoslik asoslari (9 soat) | |||||||
17 | Mavsumiy tuzlamalar tayyorlash texnologiyasi. Tuzlamalar tayyorlash. | 1 | |||||
18 | Oshirma xamir tayyorlash texnologiyasi. Oshirma xamirdan non va shirin kulcha tayyorlash. | 1 | |||||
19 | “Bahor” salatini tayyorlash texnologiyasi. | 1 | |||||
20 | Kir yuvish mashina turlari, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. | 1 | |||||
21 | Issiqlik, elektr, suv ta’minoti va oqava suv quvurlar sistemasidan to‘g‘ri foydalanish qoidalari | 1 | |||||
22 | Xonani bezatishda pardaning roli. Parda tikish texnologiyasi. (xonani bezatishda pardaning roli, parda tikish texnologiyasi, kichik hajmdagi pardani bichish) | 1 | |||||
23-24 | Oddiy va murakkab usullarda parda tikish | 2 | |||||
25 | Nazorat ishi | 1 | |||||
26 | Dasturxon bezatish qoidasi. Mehmon kutish odobi. (nonushta, tushlik, kechki va bayram uchun stol bezatish) | 1 | |||||
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (7 soat) | |||||||
27 | Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta’minlanishiga ko‘ra baholash. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari. | 1 | |||||
28-29 | Kalta shim (kapri) ni bichish va tikish. | 2 | |||||
30 | Nazorat ishi | 1 | |||||
31 | Xalq hunarmandchiligiga oid buyumlar tayyorlashda morfologik jadvaldan foydalanish usullari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o‘lchash va taqqoslash texnologiyasi. | 1 | |||||
32-34 | Zamonaviy modeldan ko‘ylakni bichish va tikish. | 3 | |||||