Alloxol tabletkasi — O’t haydovchi vosita.

?Alloxol tabletkasi — O’t haydovchi vosita.


#Аллохол таблеткаси

#Alloxol tabletkasi


?Dori shakli : tabletka


?Tarkibi :


Quruq safro, quritilgan sarimsoq piyoz, gazanda o’t barglari va faollashtirilgan ko’mir ( ugol) .


?Ta’sir qilishiga ko’ra :


O’t haydovchi vosita


?Qo’llanilishi


— Surunkali xolesistit

— Surunkali xolangit

— O’t yo’llari va o’t chiqarish yo’llarining diskeniziyasida

— Qabziyatni kompleks davolashda

— O’t ajralishi qiyin holatlarda

— Ovqat hazm bo’lishini o’t kislotasi yaxshi ajralmasligi sababli buzilish holatlarida

— Og’izdan achchiq ta’m kelganda


?Qabul qilish usuli va dozasi


Alloxolni ovqatdan so’ng 1 — 2 ta tabletkadan sutkasiga 2 — 3 marta qabul qilinadi ( kattalarga ).


?Nojo»ya ta’siri


— Allergik reaksiya

— Diareya

— Teri qichishishi

— Teri qizarishi


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— O’tkir gepatitda

— O’t -tosh kasalligida

— Obturatsion sariqlikda

— O’t yo’llari spazmida ( torayishida).

— O’tkir pankreatitda

— Me’da va 12 barmoq ichak larning zo’rayish davridagi yara kasalligida.

— O’tkir enterokolitda qo’llash mumkin emas.

— 18 yoshgacha bo’lgan bolalarda mumkin emas.

— O’tkir gepatitda


?Homiladorlik davrida, shifokordan maslahat oling . ( Xavfsizlik uchun).